Sinov yoʻsinida ishlamoqda

Konigil

Samarqandning jan.-sharqida, Cho‘ponota tepaligi etagidagi gil koni. Bu yerdan milodning boshidan gil, oq qum, sog‘ tuproq, qizil kesak, sariq tuproq va kulolchilikda ishlatiladigan bo‘lak tuproqlar qazib olingan. K.dan olingan gil Afrosiyob kulolligida keng ishlatilgan. Shu bois K. Samarqand hokimlari tomonidan qo‘riqlangan. K.dan hozir ham gil olinadi; 2) shu kon yaqinida, Siyob (Obirahmat) arig‘i bo‘yida joylashgan, ko‘plab tarixiy voqealar shohidi bo‘lgan keng, ko‘kalamzor mavze. Samarkand hukmdorlari K.ni qo‘riqxona deb eʼlon qilib, har yili yozda u yerda 1-2 oy dam olishgan... Shayboniyxon o‘zining qozoq xoni Qosimxonga qarshi zafarli yurishidan qaytayotib, K.da to‘xtaydi va turli viloyat hokimlari uchun tantanali qabul marosimi uyushtiradi. 1511 y. Bobur Samarqandni qamal qilganda uning qarorgohi K.da bo‘lgan. «Boburnoma»da aytilishicha, Bobur K.da bo‘lgan vaqtda mazkur Naqshi Jahon bog‘idan nom-nishon qolmagan ekan. Uning taʼkidlashicha, dunyodagi eng yaxshi qog‘oz – Samarkand qog‘ozini tayyorlashda ishlatiladigan tegirmonlarning barchasi K.dan oqib keluvchi suvlar yordamida aylantirilgan. 


Nizomiddin Sh o m i y, Zafarnoma, T., 1996; Amir Temur jahon tarixida, Parij, 1996; Шарафуддин Али Йаздий, Зафарнома, Т., 1997; Ахмедов Б. А., Историко-географическая литература Средней Азии XVI-XV1II вв., Т., 1985; Материалы по истории казахских ханств XV-XVIII веков, Алма-Ата, 1969. O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi, 12 tomlik. –T.: «O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat mil- liy nashriyoti, T, 2000-2006, t.4, 2002, 704 b. – B. 699-700. (O‘zbekcha); Конигил.

Fikr qoldirish#


O‘qish tavsiya qilinadi
Yosh shoirning shakllanishi yoki Bobur Mirzo Farg‘ona viloyati podshohi (1494-1504)

Zahiriddin Muhammad Bobur 1483 yil 14 fevral kuni Andijonda Farg‘ona...

Hukmdorlarga o‘rnak bo‘ladigan, dunyo olimlari havas qiladigan umr e’tirofi

This article explores the historical significance of Babur and the...


Maqolani baholang
0.0