Sinov yoʻsinida ishlamoqda

Kosonsoy

Namangan viloyatining Kosonsoy tumanidagi shahar. Tuman markazi. Yaqin t.y. stansiyasi va viloyat markazi – Namangandan 28 km. K. viloyatning shim. qismida, O‘zbekiston b-n Qirg‘izistonni bog‘lab turuvchi avtomagistral yoqasida, Kosonsoy soyining har ikki sohilida joylashgan. O‘rtacha 760 m balandlikda. Aholisi 41,7 ming kishi (2002), Kosonsoy suv omboridan suv oladi. K. O‘zbekiston hududidagi qad. shaharlardan biri. Shaharga mil. av. 4-3-a. larda asos solingan. Mil. av. 1-a.da Kushonlar saltanatining poytaxti bo‘lgan. Shahar ikki qator baland devor b-n o‘ralgan. Uning ichida hukmdor arki, aʼyonlar uylari hamda ular atrofida aholi xonadonlari joylashgan. Qalʼa devorida uchta darvoza bo‘lgan. Shahardan bir oz shimolrokda joylashgan Mug‘ qalʼasi shim.dan keladigan ko‘chmanchilar hujumidan muhofaza etgan. Kushon saltanati barham topganidan keyin ham K. bir necha asr davomida Farg‘ona vodiysining yirik shaharlaridan biri bo‘lib turgan... 5-7-a. larga kelib, Buyuk Ipak yo‘li tarmog‘ining Farg‘onadan o‘tishi b-n shaharda savdo va hunarmandchilik yana ravnaq topdi. Karvonsaroylar, savdo rastalari qurildi. 7-a. oxiri 8-a. boshlarida K. Farg‘ona ixshidligi (podsholigi) ning poytaxtiga aylandi. K. tarixiga oid dastlabki maʼlumotlar qad. Xitoy sayyohi Chjan Syan (mil. av. 128 y.), Syuan Szan (630 y.), arab tarixshunoslaridan Yaʼqubiyning «Kitob ul-Buldon», Muqaddasiyning «Ahsan ut-taqosim» asar- larida uchraydi. Yaʼqubiy asarida arablar bosqini davrida K. poytaxt sifatida tilga olingan. Bobur davrida K. Farg‘onadagi mavjud 8 shahardan biri bo‘lgan... 


O‘zbekiston milliy ensiklo- pediyasi, 12 tomlik. –T.: «O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat milliy nashriyoti, T, 2000- 2006, t.5, 2003, 704 b. – B. 63. (O‘zbekcha); Косонсой, г. в Наманганской обл.

Fikr qoldirish#


O‘qish tavsiya qilinadi
Yosh shoirning shakllanishi yoki Bobur Mirzo Farg‘ona viloyati podshohi (1494-1504)

Zahiriddin Muhammad Bobur 1483 yil 14 fevral kuni Andijonda Farg‘ona...

Hukmdorlarga o‘rnak bo‘ladigan, dunyo olimlari havas qiladigan umr e’tirofi

This article explores the historical significance of Babur and the...


Maqolani baholang
0.0