Sinov yoʻsinida ishlamoqda

Abdullaxon II

Abdullaxon II – (to‘liq ismi: Abdulla ibn Iskandarxon ibn Jonibek sulton ibn Xoja Muhammad ibn Abulxayrxon) (1534; Miyonkol, Ofarinkent qishlog‘i – 1598.8.2, Samanqand, Buxoro yaqinidagi Bahouddin majmuasiga dafn etilgan) – o‘zbek davlatchiligi tizimidagi Buxoro xonligining shayboniylar sulolasidan chiqqan eng yirik hukmdori (1583-98), davlat arbobi, sarkarda, ilm-fan, ma’rifat, madaniyat homiysi. Bobosi Jonibek sulton (vafoti 1528/29) Karmana va Miyonkol hokimi (1512/13 y.dan) bo‘lgan. Otasi Iskandar sulton o‘g‘li tug‘ilgan paytda Ofarinkentni, keyinchalik, aftidan aka-ukalaridan biri vafot etgach, Karmanani boshqargan. Abdullaxon II Shayboniyxon vafotidan keyin parchalanib ketgan mamlakat hududini qayta birlashtirish, markaziy davlat hokimiyatini mustahkamlash uchun yoshlik chog‘idan qattiq kurash olib borgan...


Abdullaxon II safaviylar bilan Xuroson, Gilon uchun kurashib ularni o‘z tasarrufiga kiritgan. Sharqiy Turkistonga qilingan yurishda Qashqar va Yorkend viloyatlarini olgan. Boburiylar ham Badaxshon, Shimoliy Afg‘oniston va Xuroson uchun Abdullaxon II ga qarshi kurashganlar. Abdullaxon II bunga qarshi Sind (1583), Kashmir (1586)ni egallab, davlatning janubiy chegaralarini mustahkamlagan...


Abdullaxon II ning o‘zi ham iste’dodli shoir bo‘lib, “Xon” taxallusi bilan o‘zbek va fors tillarida she’rlar yozgan.


ЎзМЭ, Т, 2000-2006, т.1. 2000, 736 б. – Б. 32-33. (Ўзбекча); Абдуллахон II – (полное имя: Абдулла ибн Искандархан ибн Жанибек султан ибн Ходжа Мухаммад ибн Абулхайрхан), один из видных правителей из династии Шайбанидов.

Fikr qoldirish#


O‘qish tavsiya qilinadi
Muhammad Yoqub Chingiy

17-asr 2-yarmi – 18-asr boshlari, Hindiston) – lug‘atshunos olim. Boburiylar...

Muhammad Temur Sulton (?-1521, Samarqand)

Shayboniylardan. Shayboniyxonning o‘g‘li. Shayboniylar Movarounnahrni egallaganlarida Muhammad Temur Sultonga poytaxt...


Maqolani baholang
0.0