To‘rt ustunli, tomi qubbali, asosan, yog‘ochdan qurilgan yengil inshoot; pa- vilyon, kiosk. Kelib chiqishi jihatidan oddiy o‘tovga borib taqaladi. O‘rta asrlar Sharq meʼ- morligida keng tarqalgan. Dastlab qad. ko‘chmanchi xalqlarning ko‘chib yurishiga qulay uy (ko‘chik) sifatida paydo bo‘lgan. Arava ustiga o‘rnatilgan K.lardan ham foydalanilgan. Keyinchalik K.lar badavlat kishilar, hukmdorlar uchun bezakdor qilib bog‘lar ichida qurilgan. Tarixiy manbalarda K. namunalari haqida maʼlumotlar saqlangan. Vizantiya elchisi Zemarx 568 y.da O‘rta Osiyo ko‘chman- chilarining xoqoni o‘rdasida 4 tovus haykalini ko‘tarib turgan K.ni ko‘rgani haqida yozgan. 738 y.da Termiz yaqinida arab sarkardasiga oltin va kumush b-n bezatilgan 2 K. taqdim etilgan va b. 10-15- a.larda K. meʼmorligi rivojlanib, aksari bog‘ ichkarisidagi sinchkori yengil qurilmalar (K.lar) ustun, ayvon va boloxonali, zebu ziynatli, hashamatli, ko‘rkam imoratlari b-n ko‘zga tashlangan. Amir Temur bunyod etgan bog‘lar ichidagi K.lar shaklu shamoyili b-n meʼmoriy taraqqiyotda yangi davr ochgan. Samarqand atrofida bunyod etilgan (14-16 a.larda) bog‘-rog‘lar ichidagi K.lar haqida tarixiy manbalar aniq maʼlumot beradi. Samarqanddagi Ko‘ksaroy, Shahrisabzdagi Oq saroyni Bobur K.lar qatoriga kiritgan. K. meʼmorligi Turkiya, Xitoy, Yaponiya va b. mamlakatlarda keng tatbiq etildi. Yevropaga ham Sharq orqali («kiosk shaklida») kirib kelgan. Po‘lat Zohidov.
O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi, 12 tomlik. –T.:
«O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat milliy nashriyoti, T, 2000-2006, t.5, 2003, 704 b. – B. 200. (O‘zbekcha); Кушк – киоск.
Fikr qoldirish#