Sinov yoʻsinida ishlamoqda

Lakhnau

Laknau – Hindistonning shimoliy qismidagi shahar. Uttar-Pradesh shtatining maʼmuriy markazi. Gangning chap irmog‘i – Gumti daryosi sohilida. Aholisi 826,2 ming kishi (1971). Yirik t.y. va avtomobil yo‘llari uzeli. Gang vodiysidagi muhim sanoat va savdo markazlaridan biri. To‘qimachilik (ip-gazlama), qog‘oz, metallsozlik (t.y. ustaxonalari va b.) ko‘n poyafzal, oziq-ovqat, poligrafiya korxonalari, aniq asboblar z-di bor. Mayda hunarmandchilik (kashtachilik, yog‘och va fil suyagi o‘ymakorligi), kustar to‘qimachilik, misgarlik va kulolchilik rivojlangan. Un-t (1921 yildan). Farmatsevtika ilmiy tadqiqot in-ti, Badiiyot maktabi, botanika bog‘i, arx. yodgorliklari bor. L. qadimda knyazlikning poytaxti bo‘lgan. 1857-59 yillarda Hindistondagi xalq qo‘zg‘olonining asosiy markazlaridan. 


 O‘zSE, T, 1971-1980. t.6. 1975. – B. 266. (O‘zbekcha); Лакхнау, Лакнау.

Fikr qoldirish#


O‘qish tavsiya qilinadi
Yosh shoirning shakllanishi yoki Bobur Mirzo Farg‘ona viloyati podshohi (1494-1504)

Zahiriddin Muhammad Bobur 1483 yil 14 fevral kuni Andijonda Farg‘ona...

Hukmdorlarga o‘rnak bo‘ladigan, dunyo olimlari havas qiladigan umr e’tirofi

This article explores the historical significance of Babur and the...


Maqolani baholang
0.0