Pokistonning shimoli-sharqiy qismidaga shahar. Chinob daryosining so‘l irmog‘i Ravining chap sohilida. Panjob viloyatining maʼmuriy va iqtisodiy markazi. Kattaligi jihatidan mamalakatda Karochidan keyin 2- o‘rinda. Aholisi 2 mln kishi (1971). L. milod boshlarida bunyod etilgan. 10- asrda hind rojaligining markazi. 11- a. boshida Mahmud G‘aznaviy bosib olgan. 1036-93 yillarda G‘aznaviylarning Hindistondagi mulklarining markaziy shahri, 1099-1114 va 1153-86 yillarda G‘aznaviylar davlatining poytaxti bo‘lgan. 1240 yilda mo‘g‘ullar, 1342 va 1398 yillarda xoxorlar, 1398 yilda Amir Temur askarlari egallagan. Dehli sultonligi va Bobiriylar imperiyasida Panjob noibligining markazi. 16-17-asrlarda Bobiriylarning vaqtli qarorgohi. 18- asrda Nodirshoh, so‘ngra Ahmadshoh Durroniy qo‘l ostida bo‘lgan. 1799-1849 yillarda Sekhlar davlatining, 1849-1947 yillarda ingliz mustamlakachilariga tobe bo‘lgan... L. da arx. yodgorliklari ko‘p; jumladan, qalʼa (1570- yillar), Jahongir saroyi (1617), Marvarid masjid (1645), Vazirxon masjidi (1634), Oltin masjid (1753), un-t binosi va b. Panjob un-ti (1882 yildan), Injenerlik texnologiya un-ti, Sanʼat milliy kolledji, Markaziy muzey (1964 yildan), Lohur qalʼa muzeyi (Bobiriylar davriga oid buyumlar), Sanʼat va savdo muzeyi, Geologiya muzeyi (1949), Zoologiya muzeyi, shahar chetidagi Sholimor bog‘i, Jahongir maqbarasi (1626) bor.
O‘zSE, T, 1971-1980. t.6. 1975. – B. 438-439. (O‘zbekcha); Лахор.
Fikr qoldirish#