Pokistonning shim.-sharqiy qismidagi shahar. Ravi daryosining chap sohilida. Pan- job viloyatining maʼmuriy va iqtisodiy markazi. Kattaligi va iqtisodiy mavqei jihatidan Ka- rochi sh.dan keyin 2-o‘rinda. Aholisi 5,1 mln. kishi. (1998). L. milod boshlarida bunyod etilgan. 10-a.da hind rojaligining markazi. 11-a. boshida Mahmud G‘aznaviy hukmronligi ostiga o‘tgan. 1099-1114 va 1153-86 y.larda G‘aznaviylar davlatining poytaxti bo‘lgan. 1240 y.da mo‘g‘ullar, 1342 va 1398 y.larda xoxorlar, 1398 y.da Amir Temur askarlari egallagan. Dehli sultonligi va Bobu- riylar saltanatida Panjob noibligining markazi. 16-17-a.larda Boburiylarning muvaqqat qarorgohi, 18-a.da Nodirshoh va Ahmadshoh Durroniy qo‘l ostida bo‘lgan. 1799-1849 y.larda sekxlar davlati, 1849-1947 y.larda ingliz mustamlakachilariga tobe bo‘lgan... Panjob un-ti (1882 y.dan) muhandislik-texnologiya un-ti, Sanʼat milliy kolleji, Markaziy muzey, Sanʼat va savdo muzeyi, Texnologiya muzeyi, Lohur qalʼasi muzeyi (Boburiylar davriga oid) va b. muzeylar, shahar cheti- da Shalimor bog‘i, Jahongir maqbarasi (1626) bor. L.da meʼmoriy yodgorliklardan qalʼa (1570), Jahongir saroyi (1617), Marvarid masjid (1645), Vazirxon masjidi(1634), Oltin masjid (1753), un-t binosi saqlangan.
O‘zME, T, 2000-2006, t.5, 2003, 704 b. – B. 318. (O‘zbekcha); Лахор.
Fikr qoldirish#