Sinov yoʻsinida ishlamoqda

Lutfiy (1366 – Hirot – 1465)

Mavlono Lutfiy – o‘zbek shoiri, orif va mutafakkir. O‘z zamonining «malik ul-kalomi». Yaqin vaqtlargacha L.ning tavallud topgan va vafot etgan joyi Hirotning Deqikanor mavzei deb ko‘rsatib kelingan. Shayx Ahmad Taroziyning Mirzo Ulug‘bekka bag‘ishlab yozilgan «Funun ul-balog‘a» asari topilgach, undagi «maʼdan ul-latoyif Lutfiyi Shoshiy» jumlalariga asoslanib, L.ning ona vatani Toshkent bo‘lgan, degan fikr ham ilgari surildi. L.ning hayot yo‘li singari, ijodiy taqdiri ham juda ibratli: u 99 yil yashagan. Umrining asosiy qismi o‘qish, o‘rganish va badiiy ijod mehnati b-n o‘tgan. Navoiyning «Majolis un-nafois» tazkirasida maʼlumot berilishicha, L. umrining oxirlarida «oftob» radifli bir sheʼr yozgan, o‘sha zamonning ko‘p shoirlari unga tatabbuʼ qilganlar, ammo ulardan hech biri L.ning «panjasiga panja» ura olmaganlar. Navoiyning yozishicha, L. 90 yoshdan o‘tganda, Abdurahmon Jomiy otig‘a radifi «suxan» sajʼ qasidaye aytib erdiki, zamon xushgo‘ylari barcha xo‘bliqqa musallam» tutmishlar («Nasoyim ul-muhabbat»)... L. – turkiy sheʼriyatda maktab yaratgan sanʼatkor. Bu ijod maktabidan Alisher Navoiy va Mirzo Bobur saboq olishgan...


O‘zME, T, 2000-2006, t.5, 2003, 704 b. – B. 325-326. (O‘zbekcha); Лутфи, Мавляна Лютфи.

Fikr qoldirish#


O‘qish tavsiya qilinadi
Yosh shoirning shakllanishi yoki Bobur Mirzo Farg‘ona viloyati podshohi (1494-1504)

Zahiriddin Muhammad Bobur 1483 yil 14 fevral kuni Andijonda Farg‘ona...

Hukmdorlarga o‘rnak bo‘ladigan, dunyo olimlari havas qiladigan umr e’tirofi

This article explores the historical significance of Babur and the...


Maqolani baholang
0.0