Sinov yoʻsinida ishlamoqda

Lo‘lilar

Ko‘chmanchi xalq. Jahondagi barcha mamlakatlarda tarqoq holda yashaydi. SSSRda L.ning Yevropa L.i va O‘rta Osiyo L.i (asosan O‘zbekiston va Tojikistonda) gruppalari bor SS- SRda umumiy soni 175 ming. O‘zbekistonda 11362 kishi (1970). L.ning asl vatani masalasi fanda uzoq vaqt jumboq bo‘lib keldi. 19- asrda nemis tilshunosi A.F.Pott, slavyan tilshunosi F.Mikloshichlar L.tilining hind tili b-n qardosh til ekanliginni aniqladi. Shunigdek, Eronda L.ning karochi, O‘zbekistonning ayrim r-nlarida mo‘ltoni deb atalishi Pokistondagi Karochi va Mo‘lton shaharlari nomi b-n bog‘liq. O‘rta Osiyo L.ning ayrim gruppalari jo‘gi (hindcha kambag‘al, qashshoq), hindistoniy, bo‘lo‘jiy deb atalishi ham L.ning asl vatani Hindiston bo‘lganligini tasdiqlaydi... O‘rta Osiyo lo‘lilari [o‘zlarini mug‘at (mug‘ – otashparast), tub aholi ularni lo‘li, jo‘gi, mazang deb ataydi]. Qadimdan Samarqand, Buxoro, Toshkent, Farg‘ona, Qo‘qon, Qarshi kabi shaharlar atrofi va ularga tutash qishloqlarda yashab keladi. L.o‘zbek va tojik tillarida gaplashadi, ammo tojik tili ularning turmushida asosiy hisoblanadi... Temuriylar davrida Samarqandda L.ning maxsus mahallalari bo‘lganligi haqida rivoyatlar ham bor. Zahiriddin Muhammad Bobir «Bobirnoma»da, Abul G‘ozi Bahodirxon «Shajarai turk», Mirmuhammad Amin Buxoriy «Ubaydullanoma» asarla- rida O‘rta Osiyoda yashagan L.haqida baʼzi maʼlumotlar berganlar... 


 O‘zSE, T, 1971-1980. t.6. 1975.– B. 463-464. (O‘zbekcha); Цыгане.

Fikr qoldirish#


O‘qish tavsiya qilinadi
Yosh shoirning shakllanishi yoki Bobur Mirzo Farg‘ona viloyati podshohi (1494-1504)

Zahiriddin Muhammad Bobur 1483 yil 14 fevral kuni Andijonda Farg‘ona...

Hukmdorlarga o‘rnak bo‘ladigan, dunyo olimlari havas qiladigan umr e’tirofi

This article explores the historical significance of Babur and the...


Maqolani baholang
0.0