Aholi madaniy hordiq chiqaradigan, turli bezakli daraxt va gulzorlar b-n jihozlangan, ko‘kalamzorlashtirilgan maskan. M. va i.b. bog‘ tuzish sanʼatining o‘ziga xos uslublari asosida barpo etiladi. O‘zbekistonda M. va i.b. shahar hududining hajmi, meʼmoriy qiyofasi va tabiiy sharoitiga qarab tashkil qilinadi. Kichik shaharlarda bitta, katta shaharlarda bir necha, aholisi 500 mingdan ortiq shaharlarda esa umumshahar ahamiyatiga ega bo‘lgan bog‘lardan tashqari, shahar hududidagi har bir tumanning M. va i. b. bo‘lishi mumkin. Unda aholiga madaniy xizmat ko‘rsatish katta o‘rin tutadi. Maydonlardagi ochiq estrada sahnalaridaprofessional teatr va eng yaxshi havaskorlik jamoalarining spektakl va konsertlari, dorboz, polvon va masxarabozlarning tomoshalari, askiya kechalari uyushtiriladi, kinofilmlar namoyish qilinadi. Ommaviy sayil, karnaval, turli sport musobaqalari va b. tashkil etiladi. Bolalar uchun maxsus joy ajratilib, qiziqarli attraksionlar b-n jihozlanadi va h.k. (q. O‘zbekiston milliy bog‘i, Bobur bog‘i va b.). O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat ishlari vazirligi tasarrufiga kiruv- chi M. va i. b. respublika bo‘yicha 82 ta (2003).
Po‘lat ZOHIDOV. // O‘zME, T, 2000-2006, t.5, 2003, 704 b. – B. 373. (O‘zbekcha); Парки културы и отдыха.
Fikr qoldirish#