Amir Temur maqbarasi, Go‘ri Amir – Samarqanddagi me’moriy yodgorlik (14-a. oxiri 1405 y.). Xalq orasida Go‘ri Amir yoki Go‘ri Mir (Mir Sayyid Baraka) deb nomlanib kelinadi. Maqbaraga temuriylar sulolasiga mansub kishilar (Amir Temur, uning piri Mir Sayyid Baraka, o‘g‘illari Umarshayx, Mironshoh va Shohrux, nabiralari Muhammad Sulton, Ulug‘bek va b.) dafn etilgan. Boburning ta’kidlashicha, dastlab Temurning nabirasi Muhammad Sulton Mirzo Samarqand qal’asi jan.da Toshqo‘rg‘on – chaqarda Madrasa qurdirgan. Muhammad Sulton halok bo‘lgach (1403), Amir Temur uning xotirasiga maqbara qurish haqida farmon berdi. Maqbara Madrasa hovlisining to‘riga bunyod etilgan. Bizgacha, asosan, peshtoqli darvozasi bor hovli va maqbara binosi saqlangan.
O‘zME, T, 2000-2006, t.1. 2000, 736 b. – B. 283. (O‘zbekcha); Гробница Амира Темура.
Fikr qoldirish#