Sinov yoʻsinida ishlamoqda

Malikrabot

Navoiy viloyatidagi shaharcha. Navoiy tumanining markazi (1999 y. 27 may- dan). Viloyat markazi Navoiydan 20 km jan.-g‘arbda, Zarafshon daryosining chap sohilida. Toshkent -Buxoro – Urganch avtomobil yo‘lining o‘ng tomonida, 475 m balandlikda. Aholisi 7500 kishi- dan ziyod (2003). Asosan o‘zbeklar; shuningdek, tojik, tatar, rus va b. millat vakillari ham yashaydi. Aholisining aksariyat qismi Navoiy sh.dagi sanoat korxonalarida ishlaydi. M. Buyuk Ipak yo‘li ustida joylashgan qad. aholi maskanlaridan biri. 10-16-a.larda u yirik qasaba. Bobur va Ubaydullaxon o‘rtasida 1512 y. 28 apr.da bo‘lib o‘tgan Ko‘li Malik jangi M. yonida bo‘lgan... M.da tarixiy-meʼmoriy yodgorliklardan Raboti Malik (11-a.) va Sardoba saqlanib qolgan. 


O‘zME, T, 2000-2006, t.5, 2003, 704 b. – B. 425. (O‘zbekcha); Маликработ.

Fikr qoldirish#


O‘qish tavsiya qilinadi
Yosh shoirning shakllanishi yoki Bobur Mirzo Farg‘ona viloyati podshohi (1494-1504)

Zahiriddin Muhammad Bobur 1483 yil 14 fevral kuni Andijonda Farg‘ona...

Hukmdorlarga o‘rnak bo‘ladigan, dunyo olimlari havas qiladigan umr e’tirofi

This article explores the historical significance of Babur and the...


Maqolani baholang
0.0