Zahiriddin Muhammad Boburning shoh asari bo‘lmish وقايع “Vaqoye’” – «Boburnoma» jahonning 30 dan ortiq asosiy tillariga tarjima qilingani ma’lum. Bu asar turkiyda yozilgan bo‘lsa-da, unda arabiy va forsiy iboralar ham bisyor ekanidan ayonki, Bobur shu uchala tillarni ham juda mukammal bilganidan dalolat qiladi.
Mazkur qomusiy asardagi bir forsiy ibora haqida bahs-mulohazalarimizni bayon etar ekanmiz, vatanimizda nashr qilingan asardan quyidagi ko‘chirmaga diqqat etaylik:
«(181a)… Yana Muhammad Solih edi, choshniliq g‘azallari bor, agarchi hamvorlig‘i choshnisicha yo‘qtur, turkiy she’ri ham bor, yomon aytmaydur. So‘ngra Shayboniyxon qoshig‘a kelib edi, filjumla rioyat qilib edi. Shayboniyxonning otig‘a bir turkiy masnaviy bitibtur. «Ramali musaddasi maxbun» vaznidakim, «Subha» vazni bo‘lg‘ay, bisyor sust va furudtur, ani o‘qug‘on kishi Muhammad Solihning she’ridin bee’tiqod bo‘lur. Bir yaxshi bayti budur:
“Bo‘ldi Tanbalg‘a vatan Farg‘ona, Qildi Farg‘onani tanbalxona”. Andijon viloyatini “Tanbalxona” ham derlar, ul masnaviyda muncha bayt ma’lum emaskim, bo‘lg‘ay. Sharir va zolimtab’ va berahm kishi edi».
[“Bobur, Zahiriddin Muhammad. Boburnoma (Tahrir hay’ati: Abdug‘afur Abdurashidov, Bobur Alimov va boshq.) Porso Shamsiyev, Sodiq Mirzayev va Eyji Mano (Yaponiya) nashrlari asosida qayta nashrga tayyorlovchi: Saidbek Hasanov, Mas’ul muharrir Vahob Rahmonov. Toshkent: “Sharq” nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi Bosh tahririyati. -2002. -334 b., –32 b. zarvaraq. (Bobur nomli xalqaro jamg‘arma)” kitobidan olindi].
Yuqoridagi ko‘chirmadan «Subha» vazni bo‘lg‘ay iborasiga e’tibor qarataylik. Aslmanba’ “Boburnoma” – وقايع “Vaqoye’” hamma qo‘lyozmalarida ushbu ibora arabiy yozuvda bunday yozilgan: }بولغای زنی سبحه{ (“subhazani” bo‘lg‘oy); aslo («Subha» vazni bo‘lg‘ay) emas! Zero, forscha سبحه{}زدن (subha zadan) – tasbeh o‘girmoq fe’lidan hosil bo‘lgan masdari – }زنى سبحه{ (subha zani) bo‘lib, – tasbeh o‘g‘irish, tasbeh o‘girishlikni anglatadi. Arabcha “subha” – tasbeh shodasini bildiradi. Mazkur forsiy iborada so‘z o‘yini mavjud; o‘yindan murod – Muhammad Solihning bitigan masnaviysi go‘yo «tasbeh o‘girish» kabi, ya’ni “befoyda ish qilgan”dek, yoxud – ipga tizilgan tasbeh toshlarini bir tomondan boshqasiga o‘tkazgandek benaf’, befoyda ish qilgan (tasbeh toshlari ozayib ham, ko‘payib ham qolmaydigan ish), demoqchi...
Tasbehdan foydalanuvchi mu’min birodarlarimiz kechirsinlar, biz aslo tasbeh o‘girish befoyda ish demoqchi emasmiz, axir tasbeh o‘girish ham bir ibodat turi vositasi ekanini mutlaqo inkor qila olmasmiz. Boburshohni ham to‘g‘ri tushunmoq istagimiz ham bundan kam emas...
Bizning ojizona fikrimizcha, Muhammad Solihning shuncha ovora bo‘lib yozgan masnaviysi mazkur keltirilgan birgina bayti: “Bo‘ldi Tanbalg‘a vatan Farg‘ona, * Qildi Farg‘onani tanbalxona”siga ham arzimas ekan, deb tushunib, yanglishmayapmiz shekilli?...
Ana endi yuqoridagi forsiy ibora hozirgi o‘zbek tilimizga qanday tabdil qilingan ekanini ko‘raylik-chi: «Yana Muhammad Solih edi. Yoqimli g‘azallari bor. Biroq silliqligi mazasicha emas. Turkiy she’ri ham bor. Yomon yozmaydi. Keyinroq Shayboniyxon qoshiga kelgan edi. Darhaqiqat, hurmat va e’tibor qozondi. Shayboniyxonga atab ramali musaddasi maxbun – “Subha” vaznida bir turkiy doston bitgan. Ancha sust va bo‘shtobdir. Uni o‘qigan kishining Muhammad Solih she’riyatidan ko‘ngli soviydi. Bir yaxshi bayti budir:
Bo‘ldi Tanbalg‘a vatan Farg‘ona, * Qildi Farg‘onani tanbalxona.
Andijon viloyatini Tanbalxona ham deydilar. U masnaviyda bundan yaxshi bayt yo‘q. Yaramas, zolim tabiatli va berahm kishi edi».
[“Zahiriddin Muhammad Bobur. Boburnoma – بابر وقايع O‘zR. mustaqilligining 17-yilligi va Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 525-yilligiga bag‘ishlanadi. [Tahrir hay’ati: A. Qayumov, X. Sultonov, B. Alimov va boshq.; Mas’ul muharrir: M. Sa’diy. Maxsus muharrir: N. Komilov P. Shamsiyev, S. Mirzayev, Eyji Mano va S. Hasanov nashrga tayyorlagan «Boburnoma» asarini hozirgi o‘zbek tiliga V.Rahmonov va K.Mullaxo‘jayeva tabdil qilgan]. Toshkent: «O`qituvchi» nashriyot-matbaa ijodiy uyi (NMIU), 2008. 288 b. B. 140, II-ustun; 29 sm. (Sarlavha oldida: O‘zR. Fanlar Akademiyasi, Alisher Navoiy nomidagi Davlat adabiyot muzeyi, Xalqaro Bobur fondi)” kitobidan olindi].
Ana shu forsiy ibora rus tili M.Sale tarjimasida: “В честь Шейбани хана Мухаммед Салих написал тюркское месневи в размере рамаль шестистопный усеченный, то есть в размере [поэмы Джами]
«Четки»”. – Tarjimasi: Shayboniyxonning sharafiga Muhammad Solih bir turkiy masnaviy bitibdir: «Ramali musaddasi maxbun» [Jomiyning «Subha» dostoni – ya’ni, «Subhatu-l-abror» – M.A. va Sh.R.] vaznida, deyilgan.
[Бабур-наме Записки Бабура. Перевод М.Салье, издание вто- рое, доработанное. Общая редакция и доработка – члена-корреспондента АН РУ, лауреата премии им. Беруни и международной премии им. Джавахарлала Неру С.А. Азимджановой. – Ташкент: Главная редакция энциклопедий, 1993. – 464 с. kitobidan olindi].
Shunisi taajjubki, yapon olimi professor Eyji Mano janoblari ham وقايع “Vaqoye’”ni o‘zbek va rus tillariga qilingan nashrlaridan albatta foydalangan bo‘lishi muqarrar holda, وقايع “Vaqoye’”ning turkiy matniga زنی سبحه{
}بولغای (subha zani bo‘lg‘oy) ga [و] vov harfini qo‘shib, katta qavs orasiga kiritib qo‘ygan. Natijada, yuqoridagi kabi, }بولغای زنی سبحه{ (“subha”zani bo‘lg‘oy) → }بولغای زنی(و) سبحه{ («subha» (v)azni bo‘lg‘oy) ga aylanib qolgan!
[«Babur Żahir Al-Dīn Muĥammad. Babur-Nama (Vaqayi‘). Vol. I
Sritical edition based on four chaghatay texts with introduction and notes by Eiji Mano. Kyoto: Syokado, 1995. 670 p. Printed by Nakanishi Printing Co., Ltd., Kyoto, Japan», kitobidan olindi].
Arab olimasi doktura Magda Saloh Maxluf xonim ham xuddi yapon olimi professor Eyji Mano singari yo‘l tutgan.
{ ُم َح َّمد صالح: له غزليات لطيفة. لكنها رغم لطافتها ليس بها ذوق.
qilaylik: e’tibor tarjimasiga Xonim ul Mana
كما أن له أشعارا بالتركية لَ ْيست بالركيكة. قصد فيما بعد شيبَانى خان، فأواله عنايتاً، نظم مثنويا بالتركية سماه شيبَانى خان من بحر الرمل
المسدس على وزن المخبون(801)، أحد أوزان السبحة.(802) وهو نظم يعوزه الذوق‘ من يقرأه ال يصدق أنه لم َح َّمد صالح. لكن به بيت يقول
فيه: صارت فَ ْرغانه وطنا لتَ ْنبَل(803) * فجعل م ْنها دارا للكسل وكان يُطلِقُون على ”أن ِديجان“ ك َذلك اسم ]لتَ ْنبَل خانه[ أي دار الكسل. لكن ال
نعرف سبب وجود هَ َذا البيت في المثنوى. وكان رجال شريرا ظالما قاسيا.
بَابُرشاه، ظهير الدين محمد. تاريخ بَابُرشاه المعروف ب ”بابرنامه.“ وقائع )فرغانه – كابل – الهند.( تصنيف بابرشاه. نقلها إلى العربية وقدم لها و علّق عليها د
ماجدة مخلوف ط 1، القاهرة: دار
.}ص 473-573 .ص 747 ،3102 العربية اآلفاقMuħammad Şāliħ: lahu g’azaliyyātun laţīfatun. Lakinnahā rag’ma laţāfatihā laysa bihā žavqun. Kamā ’anna lahu ’ash‘ārun bi-t-turkiyyati laysat bi-r-rakīkati. Qaşada fīhā ba‘du Šaybāni Ĥān, fa’avlāhu ‘ināyatan, naźama maŝnaviyyan bi-t-turkiyyati sammāhu Šaybāni Ĥān min baħri-r-ramali-l-musaddasi ‘alā vazni-l-maĥbūni, ’aħadi ’avzāni-s-subħati. Va huva naźama ya‘ūzuhu-žžavqu, man yaqra’uhu lā yuşaddiqu ’annahu li-Muħammadin Şāliħin. Lakinna bihi baytun jayyidun yaqūlu fīhi: Şārat Farg’ānah vaţanan li-Tanbali … fa-ja‘ala minhā dāran li-l-kasali. Va kāna yutliqūna ‘alā ’Andijāna ka-žālika isma [Tanbal ĥāna] ’ay dāru-l-kasali. Lakinna lā na‘rifu sababa vujūdi hāža-l-bayti fi-l-maŝnaviy. Va kāna rajulan sharīran źāliman qāsiyan) – Tarjimasi: «Muhammad Solih: Uning yoqimli g‘azallari bor. Yoqimli bo‘lgani bilan, lekin, bemaza. Shuningdek, uning turkiydagi she’rlari ham chakki emas. Keyinchalik, Shayboniyxon huzuriga borib, uning mehrini qozondi. Abdurrahmon Jomiyning “Subhatu-l-axbor” vaznlaridan biri bo‘lgan ramali musaddas bahrining maxbun vaznida turkiyda bir masnaviy yozdi va uni “Shayboniyxon” deb atadi. (Maxbun – xubnning bir turi. Xubn she’r vazniga kiruvchi zihof) [ya’ni, she’r vazni talabiga ko‘ra bo‘g‘indagi unlini o‘zgartirish: qo‘shish yoki olib tashlashdir – M.A va Sh.R.]). Va bu (masnaviy) tuzsiz va tussiz bir nazmdirki, uni o‘qigan kishi Muhammad Solihning ishi ekanligiga inonmaydi. Lekin, ba’zi bir yaxshi baytlar ham uchrab turadi: “Bo‘ldi Tanbalg‘a vatan Farg‘ona * Qildi Farg‘onani tanbalxona”. Shuningdek, Andijonni “Tanbalxona” (ya’ni, dangasaxona) deb ham atashgan. Lekin Masnaviydan mazkur baytning joy olish sababini bilmaymiz. Va u o‘ta zolim va yovuz odam bo‘lgan».
Yuqoridagi misollardan ko‘rinib turiptiki, وقايع “Vaqoye’”dagi mazkur: بولغای زنی سبحه (“subhazani” bo‘lg‘oy) ibora yetarlicha tushunilmagan, yoki ul iboraga «qo‘shimcha tuzatish» kiritilib, «to‘g‘rilangan» ko‘rinadi... Zero, mavlono Jaloliddin Rumiy: «Ha, degan so‘zni 27 xil ohangda aytaman; yana nima demoqchi bo‘lganimni, o‘zim bilaman», degan edilar-da!
Shuni alohida ta’kidlash joizki, zamonamizning jonkuyar boburshunos olimlaridan N.Otajonov va D.Hoshimovalar وقايع “Vaqoye’” “Boburnoma” asarining ingliz tiliga qilingan qator tarjimalari haqida tadqiqotlar olib borishgani ma’lum. Ammo, mazkur }بولغای زنی سبحه{ (“subha”zani bo‘lg‘oy) iborasi tilga olinmaganini eslab o‘tish zarur, deb o‘ylaymiz. Qarang: [Otajonov N. “Boburnoma” – sharq elchisi
Otajonov N., Hoshimova D.; mas’ul muharrir: H. Boltaboyev, H. Qudratullayev; [O‘zR Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Toshkent viloyati Davlat pedagogika in-ti]. – Tsh.: Mumtoz so’z, 2010. – 168 b.].
Boshqa tadqiqotchilar haqida ham ana shunday fikrni aytish joizdir...
Ma’lumki, insonning har qanday amali benuqson bo‘lmasligini tan olgan holda, bizning ushbu tadqiqotchamiz ham nuqson va xatolardan xoli emasligiga iqrormiz...
Afsuski, “Vaqoye’”ning Qozon, 1857 y. (arab yozuvidagi) nashri va shuningdek, boshqa xorijiy tillarga qanday o‘girilgani, hozircha, bizga qorong‘u. أعلم وهللا{
}بالصواب (“Ûa-l-lāhu ’a‘lamu bi-ş-şaûābi) – Alloh-u taolo to‘g‘risini bilguvchiroqdir...
Amonulloh MUSO – O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi “Arab tili va adabiyoti al-Azhar” kafedrasi katta o‘qituvchisi;
Shokirxon RUSTAMXO‘JA – Xalqaro Bobur mukofoti sovrindori. аmonnoma46@mail.ru shakirxojamakkiy@mail.ru
Islom tafakkuri (2-son) 2020. – B. 113-115. (O‘zbekcha); ); Источниковедение: Счастье осознания “Бабур-нама”. = Радость распознания “Бабур-наме”. = Распознание души и достижение нимба.
Fikr qoldirish#