17-a.ning 2-yarmi va 19-a. boshida Maharashtra (Hindiston)da mavjud bo‘lgan davlat. Maharashtraning aholisi musulmon yer egalari tomonidan g‘oyat jabrlangan. Ular shu bois boburiylar hukmronligiga qarshi ozodlik harakatlari boshlagan. Bu qo‘zg‘olonga Shoxji, so‘ngra uning o‘g‘li Shivaji boshchilik qilgan. 1674 y.da mustaqil M. d. tuzilgan. M. d.ni markazlashtirish maqsadida bir necha maʼmuriy islohot o‘tkazilgan, yirik yer egalarining yerlari musodara qilingan, dehqonlardan qatʼiy soliq (hosilning 30-40%) undirish qonunlashtirilgan. Shivaji b-n boburiy podsho Avrangzeb o‘rtasidagi urushlar bir necha yil davom etgan. Shivajining o‘limidan so‘ng (1680) M. d.ga putur yeta boshlagan. Avrangzeb 1689 y.da Maharashtra qo‘shinlarini tor-mor etib, Shivajining o‘g‘lini qatl etgan. 1714 y.da marath yer egalaridan Balaji Vishvanath Bxat taxtga o‘tirgan va peshvolar sulolasiga asos solgan. Shundan boshlab M. d.da hokimiyat rasmiy ravishda peshvo (bosh vazir)larga meros qoladigan bo‘lgan. Ularning qarorgohi Puna sh. bo‘lgan. Keyingi peshvo Baji Rao davri (1721-40) da marathalar Dekan va Shim. Hindistonning katta qismini egallaganlar. 1758 y. marathalar boburiylar poytaxti – Dehlini zabt etishgan. 1761 y. 11 yanv.da Panipatdagi jangda marathalar (S. Bxau boshchiligida) afg‘onlardan (Ahmadshoh Durroniy qo‘mondonligida) mag‘lubiyatga uchragach, ittifoq tarqab ketgan. Shundan so‘ng o‘zaro ichki kurash kuchaygan. Bundan foydalangan inglizlarning Ost-Indiya kompaniyasi M. d.ni bosib olgan (1818).
Ad:. Новая история Индии, M. 1961; G‘iyosov T. G‘., Hindistonning yangi tari-xi, T., 1999. Temur G‘I- YOSOV. // O‘zME, T, 2000-2006, t.5, 2003, 704 b. – B. 459-460. (O‘zbekcha); Гос-во маратхов.
Fikr qoldirish#