Sinov yoʻsinida ishlamoqda

Marathlar davlati

17-asr 2-yarmi va 19 a. boshida Maharashtrada mavjud bo‘lgan davlat. 17a. o‘rtalarida Bobiriylar hukmronligiga qarshi ozodlik harakatlarini boshladilar. Bu harakatga Shivaji rahbarlik qildi. Tez orada mustaqil M.d. tuzilganligi eʼlon qilindi (1674). M.d.ni markazlashtirish maqsadida bir necha maʼmuriy islohot o‘tkazildi, yirik feodallar yerlari musodara qilindi, dehqondlardan qatʼiy soliq (hosilning 30-40%) undirish qonunlashtirildi. 1714 yildan boshlab, M.d.da hokimiyat rasmiy ravishda peshvo (bosh ministr)larga meros qoladigan bo‘ldi. Ularning qarorgohi Puna shahri bo‘lgan. 18asrda M.d. qo‘shiinlari Gujarot, Malva, Bihar, Janubiy Hindistonga hujum qilib turdilar. 18asrning 30-40yillaridda M.d. dan bir necha knyazliklar ajralib, mustaqil bo‘lib oldi. Keyinchalik knyazliklar yirik bir konfederatsiyaga birlashgan. Bu konfederatsiyaning eng yirik knyazliklari – Puna, Guvaliyor, Indur, Baroda va Nagpur bo‘lgan. 1761 y. Panipatdagi urushda marathlar afg‘onlardan mag‘lubiyatga uchragach, konfederatsiya tarqab ketdi. Shundan so‘ng knyazliklar o‘rtasida o‘zaro kurash kuchaygan. Bundan foydalangan inglizlarning Ost-Indiya kompaniyasi M.d. ni bosib olgan (1818).


O‘zSE, T, 19711980. t.6. 1975. – B. 600. (O‘zbekcha); Гос-во маратхов.

Fikr qoldirish#


O‘qish tavsiya qilinadi
Yosh shoirning shakllanishi yoki Bobur Mirzo Farg‘ona viloyati podshohi (1494-1504)

Zahiriddin Muhammad Bobur 1483 yil 14 fevral kuni Andijonda Farg‘ona...

Hukmdorlarga o‘rnak bo‘ladigan, dunyo olimlari havas qiladigan umr e’tirofi

This article explores the historical significance of Babur and the...


Maqolani baholang
0.0