Sinov yoʻsinida ishlamoqda

Marg‘ilon

Farg‘ona viloyatidagi shahar. Farg‘ona vodiysining jan. qismida, Olay tog‘lari etagida joylashgan. Farg‘ona sh.dan 10-12 km shim.da, 475 m balandlikda. Yaqin t.y. stansiyasi Marg‘ilon (4 km). Iyulning o‘rtacha t-rasi 25-26°, yanv.niki -3,5°. M.ning jan. chekkasidan Jan. Farg‘ona kanali va shahar ichidan Marg‘ilonsoy oqib o‘tadi. Aholisi 183,2 ming kishi (2002; ) «Boburnoma»da M. Farg‘onadagi 8 ta shahardan biri ekanligi, shaharning obodligi, shirin mevalari haqida so‘z yuritilib, uning «donai kalon» deb ataluvchi anori va «subhoniy» navli o‘rigi maqtaladi. Shaharning qad. qismida o‘tkazilgan arxeologik qazilmalar natijasida M.ga bundan 2 ming yil avval asos solinganligi aniqlandi. Mahalliy maʼlumotlar bo‘yicha shaharning 12 darvozasi bo‘lgan. Buyuk ipak yo‘lida joylashgan M. aholisi qadimdan atlas to‘qish b-n shug‘ullanib kelgan va shu tariqa uni jahonga mashhur qilgan. M.ning shoyi matolari Misr, Eron va Yunoniston, Qashg‘ar savdogarlari tomonidan ko‘plab xarid qilingan...


 O‘zME, T, 2000-2006, t.5, 2003, 704 b. – B. 495-496. (O‘zbekcha); Маргелан.

Fikr qoldirish#


O‘qish tavsiya qilinadi
Yosh shoirning shakllanishi yoki Bobur Mirzo Farg‘ona viloyati podshohi (1494-1504)

Zahiriddin Muhammad Bobur 1483 yil 14 fevral kuni Andijonda Farg‘ona...

Hukmdorlarga o‘rnak bo‘ladigan, dunyo olimlari havas qiladigan umr e’tirofi

This article explores the historical significance of Babur and the...


Maqolani baholang
0.0