Sinov yoʻsinida ishlamoqda

Amir Temur, Temur, Temurbek

Amir Temur, Temur, Temurbek (to‘liq ismi Amir Temur ibn Amir Tarag‘oy ibn Amir Barqul) [1336.9.4, Kesh (hoz. Shahrisabz) sh. yaqinidagi Xoja Ilg‘or qishlog‘i (hoz. Yakkabog‘ tumani) – 1405.18.2, O‘tror sh., Samarqandda dafn etilgan) – o‘rta asrning yirik davlat arbobi, buyuk sarkarda, kuchli, markazlashgan davlat asoschisi, ilm-fan va madaniyat homiysi.


Amir Temurning onasi Takina xotun buxorolik. Otasi amir Tarag‘oy esa barlos urug‘ining oqsoqollaridan hamda Chig‘atoy ulusining e’tiborli beklaridan hisoblangan. Uning ajdodlari Kesh viloyatida hokimlik qilishgan. Shu bois Amir Temurning otasi amir Tarag‘oy ham yilda bir marotaba Ili daryosi bo‘yida xon tomonidan chaqiriladigan el-yurt beklarining qurultoyiga taklif etilar va u bunday yig‘inlarda muttasil qatnashar edi. Shu b-n birga u, Sharafuddin Ali Yazdiyning ta’kidlashiga ko‘ra, «ulamo va sulaho va muttaqiylarg‘a mushfiq va mehribon erdi va bularning majlisiga borur erdi...». Tarag‘oybek piri Shamsuddin Kulolni ayniqsa chuqur ehtirom qilgan. Keyinchalik shayx Kulol Amir Temurning ham piri bo‘lgan. Tarag‘oybek 1360 y.da vafot etgan.


Movarounnahr va Xurosonda hukmronlik qilgan Amir Temur va uning avlodlari: Jahongir 1356-1376; Umarshayx 1356-1394; Xalil Sulton Movarounnahr 1405-1409; Abulg‘ozi Sulton Husayn Boyqaro Xuroson 1469-1506; Ulug‘bek Movarounnahr 1409-1447, Movarounnahr va Xuroson 1447-1449; Abdullatif Movarounnahr 1449-1450; Sulton Abu Sa’id Movarounnahr 1451-1458, Movarounnahr va Xuroson 1458-1469; Sulton Ibrohim Xuroson 1457, Movarounnahr va Xuroson 1397-1447; Yodgor Muhammad Xuroson Ahmad Movarounnahr 1469-1494 Mahmud Movarounnahr 1494-1496; Boysunqur Movarounnahr 1496-1497; Ali Movarounnahr 1498-1500; Zahiriddin Muhammad Bobur Farg‘ona 1494-1500 da...


O‘zME, T, 2000-2006, t.1. 2000, 736 b. – B. 274-281. (O‘zbekcha); Амир Темур, Темур, Темурбек (полное имя Амир Темур ибн Амир Тарагай ибн Амир Баркул)

Fikr qoldirish#


O‘qish tavsiya qilinadi
Yosh shoirning shakllanishi yoki Bobur Mirzo Farg‘ona viloyati podshohi (1494-1504)

Zahiriddin Muhammad Bobur 1483 yil 14 fevral kuni Andijonda Farg‘ona...

Hukmdorlarga o‘rnak bo‘ladigan, dunyo olimlari havas qiladigan umr e’tirofi

This article explores the historical significance of Babur and the...


Maqolani baholang
0.0