Sinov yoʻsinida ishlamoqda

Maxdumi Aʼzam

Asl ismi Sayyid Ahmad Xojagi ibn Sayyid Jaloliddin Kosoniy Dahbediy; 1463/64, Koson sh. – 1542) – movarounnahrlik alloma, yirik diniy arbob, naqshbandiylik rahnamosi. Ilk taʼlimni Koson sh.da olgan. Madrasani bitirgach, Shayx Mir Sayyid Aliga shogird tushadi, so‘ng Toshkentga kelib, Xoja Ahrorning shogirdi Muhammad Qozi (1516 y.v.e.) ga xalifa bo‘ladi. Ustozi b-n Hirotga safar qiladi, Abdurahmon Jomiy b-n uchrashadi. 1503 y. Buxoroga ko‘chib keladi. Bir oz vaqt o‘tgach, Axsikatga borib naqshbandiylik tariqatini targ‘ib eta boshlaydi. Muhammad Qozi vafotidan so‘ng tariqat shayxlari M.A.ni o‘z peshvolari sifatida eʼtirof etishdi va uning shuhrati Movarounnahr hamda uning atrofidagi mamlakatlarga yoyildi. Bobur M.A.ga bag‘ishlab ruboiylar yozdi. M.A. ham shoir haqidagi «Boburiya» risolasini yozib, Hindistonga jo‘natgan. Shayboniy sultonlari va hokimlari M.A. ni o‘zlarining piri deb bilganlar… 


O‘zME, T, 2000-2006, t.5, 2003, 704 b. – B. 526. (O‘zbekcha); Махдуми Аъзам (наст. имя Саййид Ах- мад Хожаги б. Саййид Жалолиддин Косони Дахбеди.

Fikr qoldirish#


O‘qish tavsiya qilinadi
Zahiriddin Muhammad Bobur xorijlik tadqiqotchilar tadqiqotlarida

Zahiriddin Muhammad Bobur dunyoga mashhur yetuk shaxs, buyuk shoh va...


Maqolani baholang
0.0