Sinov yoʻsinida ishlamoqda

Mahdiy Sulton ibn Baxtiyor Sulton ibn Xizrxon (? – 1511)

Shayboniylardan. Shayboniyxonning jiyani, Muhammad Shayboniyxon Yassi va Sabronni olgach, Movarounnaxrga yurish qilishdan avval turli viloyatlarga tarqab ketgan shayboniy sultonlar qatori M.s. va Hamza sulton (uning akasi)ni o‘z bayrog‘i ostiga chaqirtirgan (1495). M.s. temuriylar qo‘l ostidagi Qorako‘l viloyati hokimi edi. Taxm. 1492—93 y.larda M.s. va Hamza sulton Shayboniyxonni tark etib temuriylardan Sulton Mahmud Mirzo xizmatida bo‘lganlar. 1495 y. ular Hisordan Andijonga Bobur xuzuriga kelishgan. Temuriylarning taxt uchun kurashida qatnashganlar. 1495 y. M.s. Sheroz va Kanboy atrofidan Sulton Ali Mirzodan qochib Samarqandga kelgan. 1498 y. Boburning Ahmad Tanbalga qarshi kurashida unga M.s. va Hamza sultonlar yordam berishgan. 1500 y. Shayboniyxon b-n birga Boburga qarshi Samarqandni olishda qatnashishgan. Movarounnaxr shayboniylar qo‘l ostiga o‘tgach, Shayboniyxon M.s.ga Chag‘oniyon va Hamza sultonga Hisor viloyatini bergan (1503). 1509 y. oxirida Shayboniyxon Dash-ti Qipchoqqa qozoq xoni Qosimxonga qarshi yurish qilgan, biroq shayboniy sultonlarning intizomsizligi oqibatida mag‘lubiyatga uchragan, shu tufayli u M.s. va Hamza sultonlardan Hisorni tortib olgan va ularning o‘rniga Ubaydulla sultonni tayinlagan. Bu shayboniy sultonlarning noroziligiga sabab bo‘lgan. 1510 y. Marv yaqinida Shayboniyxon shoh Ismoil b-n jang qilib mag‘lubiyatga uchraganida ko‘pgina shayboniy sultonlar qatori M.s. ham unda ishtirok etmagan. 1511 y. Bobur Ismoil I dan harbiy yordam olib Hisori Shodmon, Qunduz va Bag‘longa hokimlik qilayotgan M.s. va Hamza sultonlarga qarshi yurish qilgan va asir olingan, M.s. va Hamza sultonlar qatl etilgan.


Mirza Muxammad Xaydar, Tarix-i Rashidi, T., 1996; Axmedov B. A., Istoriya Balxa, T., 1982; Babur-name, T., 1993. // O‘zME, T, 2000-2006, t.5, 2003, 704 b. – B. 554. (O‘zbekcha); Маҳдий Султон б. Бахтиёр Султон б. Хизрхон.

Fikr qoldirish#


O‘qish tavsiya qilinadi
Yosh shoirning shakllanishi yoki Bobur Mirzo Farg‘ona viloyati podshohi (1494-1504)

Zahiriddin Muhammad Bobur 1483 yil 14 fevral kuni Andijonda Farg‘ona...

Hukmdorlarga o‘rnak bo‘ladigan, dunyo olimlari havas qiladigan umr e’tirofi

This article explores the historical significance of Babur and the...


Maqolani baholang
0.0