Sinov yoʻsinida ishlamoqda

Memuar

Frans. memoire – xotira, esdalik), yodnoma, esdalik – real voqea-hodisalar ishtirokchisi yoki guvohning o‘tmish haqidagi xotira asari. M. uchun voqeaning birinchi shaxs nomi-dan bayon qilinishi, voqealar va faktik materiallarning ko‘pligi, muallifning tasvir obyektiga subyektiv munosabatining o‘ziga xos shaklda namoyon bo‘lshi xarakterlidir. M.da real voqealar majmuasi, ko‘pincha, siyosiy xronika, biografik va ilmiy ahamiyatga ega materiallar b-n uzviy bog‘lanib ketadi; unda badiiy asarlarga xos syujet usullari kam ishlatiladi. Lekin muallif tasviriy vositalardan o‘rni b-n foydalanadi. M.ning ilk namunallari antik adabiyoda mil. av. yaratilgan. O‘rta asrlar, Uyg‘onish va keyingi davrlarda M.ning xilma-xil turlari paydo bo‘ldi. M. yaratish Sharq adabiyotida qadimiy anʼanaga ega. Nosir Xusravning «Safarnoma», Zayniddin Vosifiyning «Badoyeʼ-ul-vaqoyeʼ», Bobirning «Bobirnoma» asarlari M.ning namunalaridir... M.larning tarixiy hujjat sifatidagi qimmati ularga asos qilib olingan voqealarning mohiyati, bayonning izchil va aniqligi b-n belgilanadi. Turmushning turli vositalari, xalq urf-odatlarining aniq tasvir etilishi jihatidan M.lar etnografiya uchun ham muhim manbadir.


O‘zSE, T, 1971-1980. t.7. 1976. – B. 137. (O‘zbekcha); Yana: // O‘zME, T, 20002006, t.5, 2003, 704 b. – B. 587. (O‘zbekcha); Мемуар (франц. memoire – память, воспоминание).

Fikr qoldirish#


O‘qish tavsiya qilinadi
Yosh shoirning shakllanishi yoki Bobur Mirzo Farg‘ona viloyati podshohi (1494-1504)

Zahiriddin Muhammad Bobur 1483 yil 14 fevral kuni Andijonda Farg‘ona...

Hukmdorlarga o‘rnak bo‘ladigan, dunyo olimlari havas qiladigan umr e’tirofi

This article explores the historical significance of Babur and the...


Maqolani baholang
0.0