Sinov yoʻsinida ishlamoqda

Meʼmorlik

Arxitektura – foydalanishdagi maqsad va vazifalar, zamonaviy texnik imkoniyatlar va jamiyatning estetik qarashlaridan kelib chiqib bino va ishootlarni loyihalash va qurish sanʼati. Meʼmor inson hayoti va faoliyati uchun zarur fazoviy muhitni tafakkur kuchi b-n avval ijodiy loyihada rejalab, uni amalda yuksak did va mahorat b-n bunyod etadi. M. asarlari qatoriga turli-tuman binolar, uy-joylar, meʼmoriy majmualar, maydonlar, shaharlar, ulardagi monumentlar, usti ochiq va yopiq inshootlar kiradi. Aholi yashaydigan manzillar – qishloq, shahar va shaharchalarni rejalab tashkil etish b-n M.ning jamlovchi, eng murakkab sohasi – shaharsozlikshug‘ullanadi. Tabiat manzaralari b-n bog‘liq muhitni bunyod etish, bog‘lar yaratish sohasi bog‘sozlik (bog‘-park) sanʼatidir. M. asari amaliy xizmati, vazifasidan tashqari maʼlum g‘oyaviy-badiiy mazmunni, o‘z davrini ifodalovchi meʼmoriy qiyofa – obrazni mujassam etadi, moddiy madaniyatning eng mahobatli va eng ko‘p xarajatli, tarkibiy qismini tashkil qiladi; ayni vaqtda mahobatli sanʼat sifatida namoyon bo‘ladi. M. boshqa turli xil sanʼat namunalarini (haykaltaroshlik, o‘ymakorlik, ganchkorlik kabi) o‘zida mujassam etishi b-n sanʼatlar onasiga, fazoviy shakllar o‘zaro mutanosib, hamohang bo‘liini nazarda tutib meʼmoriy qadimiyat yodgorliklari toshda qotib qolgan musiqaga o‘xshatiladi. Binoning mustahkam, inson uchun kerak va go‘zal bo‘lishi M.ning ilk taraqqiyoti davridan hozirgacha asosiy omili hisoblanadi. Qad. dunyo tarixida mashhur bo‘lgan yetti mo‘jizaning hammasi inson dahosi b-n yaratilgan meʼmoriy sanʼat asari bo‘lgani bejiz emas. O‘tmish davru davronlar to‘fonida juda ko‘p mahobatli binolar nom-nishonsiz to‘zib ketgan. Lekin asrlar osha yetib kelgan buyuk meʼmoriy meros yodgorliklari zamirida M.ning yuksalish samara va marralarini kuzatish mumkin. Ayniqsa, moddiy-texnika imkoniyatlari kengayishi, badiiy tarixiy tajriba ortishi natijasida M.ning uslubiy o‘zgarishlari paydo bo‘ldi. Qad. Sharq va Misrda M.ning hali tarix bilmagan, odamlarni hayratda qoldiradigan mahobatli ehrom (piramida), zikkurat kabi ilohiy mafkura b-n bog‘liq ulkan inshootlarni qad ko‘tardi... Hindistonga haqiqiy bog‘sozlik sanʼati temuriyzoda Zahiriddin Bobur b-n kirib kelganini hind sanʼsatshunoslari eʼtirof etishadi. Hatto o‘rta asrlardagi Yevropa bog‘-parklariga temuriy bog‘lari taʼsiri borligi sir emas...


O‘zME, T, 2000-2006, t.5, 2003, 704 b. – B. 625, 627. (O‘zbekcha); Архитектура.

Fikr qoldirish#


O‘qish tavsiya qilinadi
Yosh shoirning shakllanishi yoki Bobur Mirzo Farg‘ona viloyati podshohi (1494-1504)

Zahiriddin Muhammad Bobur 1483 yil 14 fevral kuni Andijonda Farg‘ona...

Hukmdorlarga o‘rnak bo‘ladigan, dunyo olimlari havas qiladigan umr e’tirofi

This article explores the historical significance of Babur and the...


Maqolani baholang
0.0