Sinov yoʻsinida ishlamoqda

Bobur mirzoning qilichi

Tarixda Sharq mamlakatlarida ro‘y bergan muhorabalarda jangchi, harbiy xizmatga taalluqli askar-u bek, shahzoda va sultonlarning eng ishongan quroli qilich hisoblangan. Bu urush quroli haqida yozma va og‘zaki adabiyotda juda ko‘p ma’lumotlar mavjud. Qilichning fazilatlari, sifati, jangchi qo‘liga yetgunga qadar uni yasagan ustaning chekkan zahmati, mahorati borasida dostonlar bitilgan. Bularning barchasi bejiz emas, albatta. Chunki qilich jangchining hayot-mamot masalasini hal etgan, harbiy mahoratini yuzaga chiqargan.

Agar e’tibor bersak, sharqlik sarkardalar, shoh va sultonlar, bek va oddiy askarlarning portretlari, muhoraba maydonidagi holatlari chizilgan curatlarda ular ko‘pincha qilich bilan birga tasvirlangan. Boshqacha aytganda, qilich jangchi qiyofacining yaxlit birligi cifatida u bilan birga aks ettirilgan. Qilichning katta-kichikligi, qilich sohibining uni ushlab turgan qo‘li holati bilan birga bu qurolning zeb-ziynati, g‘ilofining naqshlar, qimmatbaho toshlar bilan bezatilgani ham bunday curatlarda akc etgan.

XV-XVI asrlarda Xuroson, Movarounnahr va Hindistonda bo‘lgan jang-u jadallar tasvirlangan san’at asarlarida, ko‘plab miniatyuralarda qilich asosiy tasvir obyektiga aylangan. Ayniqsa, Zahiriddin Muhammad Boburning “Boburnoma” asarida bu urush qurolining jozibasi, janglarda askardan tortib podshohgacha sodiq hamroh bo‘lib kelgani o‘nlab o‘rinlarda bayon etilgan. Chunonchi, Samarqandni zabt etgan Bobur ayon-u beklarini taqdirlash, ayrimlarini o‘ziga yanada yaqinlashtirish maqsadida ularning rutbalarini ko‘taradi, in’omlar beradi. Shunda uning eng ishongan begi, harbiy yurishlarida yetuk maslahatchici Qosimbek Bobur qalamravi va saltanatidagi ishlarga ko‘z olaytirgan Ahmad Tanbalni ham siylash lozimligi, uni murosaga keltirish uchun arzirli tuhfa zarurligini, bunday tuhfa faqat Boburning shaxsiy qilichi bo‘lishi mumkinligini aytadi. Bobur dastavval Qosimbekning taklifiga rozi bo‘lmaydi, ammo uning qayta-qayta iltimosidan keyin shaxsiy qilichini Ahmad Tanbalga tuhfa etadi. Buni qarangki, taqdir taqozosi bilan muhorabalardan birida Ahmad tomonidan aynan shu qilich bilan Boburning boshiga zarba tushadi. Bu holatni Bobur asarida afsus bilan qayd etib, shaxsiy qurolni birovga berishning xosiyati yo‘qligini ta’kidlaydi.

“Boburnoma”ning boshqa bir joyida muallif ajoyib bir harbiy musobaqani keltiradiki, bu o‘sha davrda qilich birinchi darajadagi aslaha canalganini ko‘rsatadi. Bu qilichdek harbiy qurolga mehr, uning jangdagi mavqei va xizmati, har bir jangchining sharafi ekaniga yorqin misol bo‘la oladi: “Ul kuni yigitlar sho‘xluq qilib yetgan bila-o‘q matining toshida yangi tom qo‘porub, soladurg‘on qo‘rg‘onni oldular. Sayyid Qosim eshikoqa bukun borchadin yaxshiroq yurub, o‘zub qilich tekurdi. Sulton Ahmad Tanbal ham qilich tekurdi. Muhammad Do‘st tag‘oyi ham qilich tekurdi, vale bahodurluq ulushi mo‘g‘ulda qadimiy rasmdur. Har to‘y va osh bo‘lg‘onda har kimki eldin o‘zub qilich tekurgon bo‘lsa, ul ulushni ul olur”. Agar ushbu matnga e’tibor bersak, temuriylar saltanatida qilichning harbiy qurol sifatida yuksaklikka ko‘tarilganini ko‘ramiz.

“Boburnoma”ning boshqa bir joyida Boburning muhorabada shaxcan ishtirok etgani va unda qilich jangda hal etuvchi qurol sifatida tasvirlangani diqqatga molik. Bunda o‘sha davr aslahasoz ustalari tomonidan qilich yasashga nechog‘li e’tibor berilgani, qilichning nihoyatda o‘tkirligi, qilich sohibining mustahkam zarbi va harbiy mahorati qalamga olingan: “Bizning soridin va Ibrohim soruning ishlaridin Samad otliq alar soridin hisoriy mo‘g‘ullardin Shahsuvor otliq rubaro‘ bo‘ldilar. Shahsuvor andoq choparkim, dubulg‘adin o‘tub, Samadning boshig‘a qilich xeyli o‘lturur. Bovujudi bu zaxm Samad andoq choparkim, Shahsuvorning boshidin kafi dastcha parcha so‘ngakni qilich olib ketar”.

“Boburnoma”da va o‘sha davrdagi boshqa tarixiy obidalarda qilichning karomati, harbiy aslaha sifatidagi jihatlari haqida juda ko‘p misollar keltirilgan. Shular qatori, qilichni ishlatishda mahorat ko‘rsatgan jangchi hamisha ijobiy baholangan, qadrlangan. Masalan, Bobur bir necha bek va sarkardalarning mardligini mohirona qilich tebratganida, qilich bilan dushmanni yakson etganida, deb bilgan. Masalan, u Xuroson sultoni Husayn Boyqaroga baho berarkan: “Shujo’ va mardona kishi edi. Borlar o‘zi qilich tegirubtur, balki har ma’rakada borlar qilich tegiribtur. Temurbek naslidin hech kim ma’lum emaskim, Sulton Husayn mirzocha qilich chopmish bo‘lg‘ay”, deb yozadi.

Xullac, Zahiriddin Boburning ta’kidlashicha, barcha muhorabalardagi yutuqlar, lashkarning qilich chopishdagi mahorati, eng avvalo, askarning bu harbiy qurol bilan muomala qila olishi, abjirligi evaziga qo‘lga kiritilgan.

Bugungi kunda ham Boburning boshqa mulki, undan qolgan buyumlar, boyliklarni topish, u bilan qiziqish va dunyoning qaysi burchagida mavjudligini aniqlash adib ixlosmandlarini qiziqtirib kelmoqda. Jumladan, Boburning qilichi “falon mamlakatning falon muzeyida emish”, degan taxminlar shulardan biridir. Ana shu masala bo‘yicha anchadan beri qiziqib yurganlardan biri Bobur ijodining tolmac muxlisi, Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Namangan terapevtika bo‘lim rahbari, oliy toifali kardiolog, tibbiyot fanlari doktori, Yevropa va Rossiya kardiologlar assotsiatsiyasi a’zosi Mirmahmud Mirsaydullayevdir. Mirmahmud anchadan beri Bobur ijodi muxlislarini qiziqtirib kelgan masala – buyuk adibning sog‘ligi va umri davomida 22 bor betob bo‘lgani, bu haqda “Boburnoma”dagi ancha mufassal ma’lumotlarga tayanib juda qiziqarli tadqiqot olib bormoqda. U Boburning kasalliklarini o‘sha davrda adibning shaxsiy tabibi Yusufiy qo‘ygan tashxisini buyuk tabib Ab-u Ali ibn Sinoning shu kasalliklarni davolash bo‘yicha yo‘l-yo‘riqlari bilan qiyoclab o‘rganib chiqqan. Ayni paytda professor M.Mirsaydullayev Boburning barcha kasalliklariga zamonaviy tibbiyot acocida tashxis qo‘yish, undagi kasalliklarning qachon va qayerda paydo bo‘lganini aniqlash va Bobur vafoti sababini bugungi tibbiyot xulosalari asosida bayon etish maqcadida tadqiqotini davom ettirmoqda.

M.Mirsaydullayevning bu harakatini ma’qullagan holda uning Bobur qilichining daragini topganligini eshitib juda quvondim. Chunki anchadan beri men ham qaysidir mamlakatning qaysidir muzeyida aynan Zahiriddin Boburga tegishli qilichning borligi haqida eshitgandim. Biroq bu masala bilan alohida shug‘ullanish, internetga kirishga imkon topolmayotgan edim. Bu najib maqsadni amalga oshirish tarixchi, filolog mutaxassisiga emas, tibbiyot sohasi professoriga nasib etgani ham quvonarli. Kamina bu topildiqning tarixini so‘zlab berishni Mirmahmuddan iltimos qildim. U quyidagilarni gapirib berdi:

“Avvalambor, o‘zbek adabiyoti va tarixi bilan shug‘ullangan har bir kishi Zahiriddin Bobur ijodi bilan imkon qadar tanish bo‘lishi, bu yuksak icte’dod sohibining shaxsiy hayoti va ijodini ommaga yetkazishga intilishi kerak. Keyingi paytda Prezidentimiz tashabbuslari bilan bu sohaga oid ko‘pgina ishlar amalga oshirilgani barchamizni quvontiradi. Men ham bu xayrli ishdan chetda qolishni istamaganim boic, Bobur qilichi qayerdaligiga oid ma’lumotlarni topishga urindim. Ayrim mutaxassislar bu qilich Fransiyaning Luvr muzeyida ekanligini aytishdi. Bu ma’lumot to‘g‘ri chiqmadi. Juda ko‘p muddat internet orqali mazkur muzeyning fondiga kirishga, Bobur qilichiga oid ma’lumotga ega bo‘lishga intildim. Nachora, maqsad amalga oshmadi. Shu tariqa, Turkiya, Hindiston, Afg‘oniston, Sankt-Peterburg muzeylari materiallarini ham internetdan qidirdim, biroq topolmadim. Shunday bo‘lsa-da, izlanishlardan to‘xtamadim va nihoyat Nyu-Yorkdagi “Metropol” muzeyi fondidan Bobur qilichi shu yerda saqlanayotgani to‘g‘risida “Mo‘g‘ul qilichi” saytida “Sablya Velikogo Mogola Babura”, degan ma’lumotiga duch keldim va uni tezda internet saytidan ko‘chirib oldim. Mazkur saytdan Bobur qilichiga oid barcha ma’lumotlarni olib, maxsus fayl papkada to‘pladim. Hozir bu ma’lumotlar mening qo‘limda.

Bu nodir topilmaga munosabatim shu bilan tugamadi. Zudlik bilan bugungi kunda Farg‘ona vodiysida faoliyat olib borayotgan qilichsozlar, pichoqchilarga murojaat qilib, mazkur muzey ma’lumotlari va rasmlar asosida xuddi asliday “Bobur qilichi”ni yasab berishlarini co‘radim. Bir-ikki oylik harakatim zoye ketmadi, aynan “Bobur qilichi”dek qilich yasovchi ustani topa olmadim. Oxiri namanganlik pichoqchilar Andijonning Shahrixon shahri pichoqchilari bilan birga ishga kirishdilar. Bobur qilichini yasashda usta Ashurali otaning qimmatli maslahatlari acqotdi. Ustalar Dilshodbek Normatov, Mahmudjon Nuriddinov (bu xonadonning uch avlodi pichoqchilik bilan shug‘ullanib kelmoqda, qilichsozlik ham shu avlodga xos) “Bobur qilichi”ni aslidagidek tayyorlashda shogirdlari bilan ko‘p zahmat chekishdi. Ishning murakkabligi munosib metalni topish, pardoz berish, suftalash, aynan o‘sha besh asr oldin yaratilgan qilich nusxasiga imkon qadar yaqinlashtirish, dasta tanlash (“Bobur qilichi”ning dastasi arxarning shoxidan tayyorlangan ekan, uni topish juda mushkul), naqsh va yozuvlarni aslidek tushirish va boshqa yumushlar ustalardan juda katta mehnat talab qildi”.

Biz Mirmahmudning Bobur kasalliklari haqidagi tayyorlayotgan risolasi macalacida uchrashib turdik. “Bobur qilichi”ning tarixi, Boburning kasalligi va unga zamonaviy tashxis qo‘yishning o‘zigina kitobxonda uncha qiziqish uyg‘otmasligini inobatga olib, risolani kengaytirishga, adib kasalligiga oid tarixiy dalillar bilan to‘ldirib, har holda maqbul kitob yaratishga jazm qildik va bu ish davom etmoqda. Namangandagi o‘n kunlik hamkorlik muddatimiz ham tugab qolib, Toshkentga qaytishga chog‘langanimda, zarur bo‘lib qolganda, Mirmahmud kuzatishga chiqar ekan: “Domla, siz taniqli boburshunossiz va bu sohada menga shubhasiz ustozsiz. Men hazrat Boburning Nyu-Yorkdagi “Metropol” muzeyidan olgan ma’lumot va rasmlar asosida shu qilichni vodiy ustalariga yasattirdim, ijozatingiz bilan shuni taqdim etsam. Niyatim — siz orqali bu xabar ko‘pchilikka yetib borsa”, deb qoldi va men bu taklifni shu niyatda qabul qildim. Zotan, Mirzo Bobur qilichidan nusxa olib yasalgan bu aslaha, eng avvalo tarixga beqiyos hurmat, shuning barobarida xalqimizning hunarmandchilik san’ati boqiy ekanidan dalolat.

Shuni ham alohida ta’kidlashni istardimki, mustaqilligimiz sharofati bois yurtimizdan turli sabablar bilan olib ketilgan juda ko‘p qimmatli buyumlar, qo‘lyozma va osori atiqalar imkon qadar qaytarilmoqda, xalq mulkiga aylanmoqda. Nasib bo‘lsa, manzili aniq bo‘lgan Bobur qilichi ham tarixning yaxshi va yomon kunlari belgisi sifatida, daho adibimiz Boburshohni bir necha o‘limdan olib qolgan qimmatli buyum sifatida vataniga qaytajak!


Hasan Qudratullayev

filologiya fanlari doktori, professor.

“O‘zbekiston adabiyoti va san’ati” gazetasi, 2012-yil 25-may, 21 (4160)-son.

Fikr qoldirish#


O‘qish tavsiya qilinadi
Yosh shoirning shakllanishi yoki Bobur Mirzo Farg‘ona viloyati podshohi (1494-1504)

Zahiriddin Muhammad Bobur 1483 yil 14 fevral kuni Andijonda Farg‘ona...

Hukmdorlarga o‘rnak bo‘ladigan, dunyo olimlari havas qiladigan umr e’tirofi

This article explores the historical significance of Babur and the...


Maqolani baholang
0.0