Mustabid sho‘rolar zamonida qancha- qancha ulug‘ ajdodlarimiz nomlari tarix saxifalaridan butunlay o‘chirib yuborishga xarakat qilinmadi, deysiz. Prezidentimiz Islom Karimovning “O‘zbekistan mustakillikka erishish ostonasida" kitobida bu haqda ko‘plab asosli dalillar bilan tanishish mumkin. Yurtboshimiz 1990 yil 20 iyundagi maʼruzasida ushbu mavzuga atroflicha to‘xtalar ekan, jumladan, shunday taʼkidlaydi: “Yaqindagina o‘zbek adabiyotining klassigi Boburni baholashda tor sinfiy yondashuv ro‘y berdi. Adib ijodining milliy va umuminsoniy ahamiyati kamsitiladi”.
Shukrki, O‘zbekistan musta¬qillikka erishganidan so‘ng xalqning tarixiy xotirasi qayta tiklana boshladi. Ulug‘ ajdodlarimizni yod etib, ularning maʼnaviy merosini g‘zlashtirishga kirishdik. Aynan shu davrda o‘zbek mumtoz adabiyotining yirik vakili, buyuk shoir, tarixchi, geograf, davlat arbobi, isteʼdodli sarkarda, boburiylar sulolasi asoschisi, temuriy shahzoda Zahiriddin Muhammad Bobur o‘z yurtida haqiqiy qadr-qimmatini topdi.
Avstriyalik nemis olimi va yozuvchisi Frits Vyurtle tomonidan nemis tilida yozilgan “Andijon shaxzodasi" (“VAVUR, der T1GER” so‘zma-so‘z tarjimasi: “Bobur — yo‘lbars”) nomli sarguzasht-qissa Bobur xalkaro jamgarmasi ilmiy ekspeditsiyasining keyingi safarlaridan birida Germaniyada qo‘lga kiritilgan yana bir muhim kitobdir. Bugungi kunda asl nusxasi Bobur xalkaro jamgarmasining Andijondagi muzeyida saqlanayotgan ushbu kitob 1947 yili Avstriyada (“S.Jorgl & Co nashriyoti, Vena ”) chop etilgan.
Mazkur asar bani bashar Ikkinchi jaxon urushidan qutulib, Yer yuzida fa¬shizm balosi tugatilganidan keyin atigi ikki yil o‘tib nashr etilgan. Bu, uz navbatida, dunyoni kurol-yaroq bilan emas, balki ilm-maʼrifat, adabiyot, sheʼru g‘azal bilan fath etmoqlik naqadar ezgu va ulug‘ligini isbotlagan ajdodlarimiz ruhi-pokiga butun insoniyat hurmat-eʼtiborining ifodasidek yangraydi. Eʼtiborli jihati shundaki, sarguzasht-qissani mutolaa qilish asnosida, avstriyalik nemis tilli adib va olim o‘z asarini Bobur siymosi va shaxsiyatiga, u tug‘ilgan yurtga naqadar cheksiz mexr-muxabbat, extirom bilan yozganining guvohi bo‘lasiz.
Afsuski, asar muallifi xayoti va tarjimai holi haqida aniq sanalar, fakt va raqamlarni topishning imkoni bo‘lmadi. Kitobning o‘zbekcha nashriga sermazmun va batafsil so‘zboshi yozgan O‘zbekiston xalk shoiri Sirojiddin Sayyid qayd etganidek, Frits Vyurtle «Veneraning kaytishi», «Rassom va mo-del» singari, asosan sanʼat, sanʼatshunoslik, dizayn, kino, madaniyat sohalariga bag‘ishlangan asarlar bitganidan xabardormiz, xolos. Shu maʼnoda, «Bo¬bur—yo‘lbars» muallifning yakka-yagona badiiy asari bo‘lsa xam ajab emas.
Sarguzasht-qissani nemis tilidan shu sohaning tajribali mutaxassisi, zahmatkash olima Yanglish Egamova mahorat va chuqur bilim, zavq va ixlos bilan o‘zbek tiliga tarjima qilgan. Kezi kelganda, olimaning buyuk so‘z ustasi Gyote asarlarini ommalashtirish va badiiy talqin etishda ham ko‘p mehnat kilgan tarjimon ekanini eslatib o‘tish o‘rinlidir. Xususan, Ya.Egamova tomoni¬dan Gyotening «Yosh Verterning iztiroblari» romanining nemis tilidan bevosita o‘zbek tiliga o‘girishi o‘zbek adabiyotshunosligida Gyote ijodini o‘rganish bobida yangi sahifalar ochishga xizmat kilganini yaxshi bilamiz.
Frits Vyurtle qalamiga mansub sarguzasht qissani ona tilimizga o‘girish jarayonida tarjimon o‘zining ko‘p yillik ilmiy-ijodiy tajribasiga tayanib ish tutgan. Uning matnda uchraydigan ayrim ismlar, geografik nomlar, noaniq so‘zlarga izoh berib borgani qissani o‘qish va tushunishda muxim axamiyatga ega. Ayniksa, anor daraxtiga xalk tomonidan berilgan yorliq — «Mehr-shafkdt timsoli», Bobur ustozining laqabi — «Baqaloq laʼl», izzat-ikromli, lekin ko‘zlari nursiz mo‘ysafid Kosimbekning «Biyno basir» degan halqona nomi va shu kabi talay atamalar o‘zbekcha tarjimada g‘oyat tabiiy tarovat kasb etgan.
Ya. Egamova muallifning g‘oyasiga va asar asliyatining ruhiga ziyon yetkazmagan holda, voqea-hodisalar tasviriga sharqona lutf va taomillar, odob-ahlok, udum va odatlarni, Bobur taʼlim-tarbiya olgan yuksak maʼnaviy muhit, mil¬liy qadriyatlar ruhini, qiska aytganda, milliy koloritni nihoyatda mohirlik' bilan singdira olgan va bunday ijodiy yondashuv aloxida eʼtiborga molikdir. Shu maʼnoda, tarjimonning ushbu tarjima asari adabiyotshunos va tarjimashunoslar, keng kitobxonlar tomonidan qizg‘in kutib olinishiga aminmiz.
Frits Vyurtle o‘z asarini «Boburnoma»dan taʼsirlanib yozgan. Sarguzasht-qissaga Zaxiriddin Muxammad Bobur asaridagi voqealar asos qilib olingan. Muallif 12 yoshli Boburning otasi Umarshayx Mirzo vafotidan keyin endigina Farg‘ona viloyati taxtiga o‘tirgan paytdagi jangu jadallarda kechgan hayotini kitobxonni qiziqtiradigan til va uslubda bayon etadi. Shuning uchun bu qissani bemalol tarixiy-memuar asar¬lar katoriga qo‘shish mumkin.
TARJIMA – YUKSAK SANʼAT
Qissa taʼsirchan, sharqona usulda ifoda etilgan va bir-biri bilan mantiqiy borliq 20 ta hikoyadan iborat. Muallif Sharkda keng tarqalgan falakiyot fani va ilmi nujum, yaʼni yulduzlar haqidagi fanga oid maʼlumotlarni keng qo‘llash evaziga asar mazmunidagi sir-sinoatu ilohiylikni yanada kuchaytirishga muvaffaq bo‘lgan. Asar yengil, tushunarli, sodda tilda yozilgani uchun xar kanday yoshdagi o‘quvchini befarq qoldirmaydi. Fikrimizcha, janr nuqtai nazaridan, unga “sarguzasht-qissa" deb to‘g‘ri taʼrif beril¬gan. Nega deganda, muallif o‘z asarida tarixiy faktlarni badiiy buyoq va to‘qimalar bilan boyitib tasvirlash yo‘lidan boradi.
Asarda muallif tomonidan hikmat darajasida yaratilgan va tarjimon qiyomiga yetkazib o‘girgan shunday quyma jumlalar uchraydiki, ular zamiriga singdirilgan fikrlar beixtiyor o‘quvchi qalbini jimirlatib, ruhini bexad to‘lkinlantirib yuboradi. Misol uchun: “Xayot yo‘llari sahro yo‘llaridan ko‘ra yengil emas, odam qorong‘ulikda yo‘lini osongina yo‘qotib qo‘yadi"; “Turkiston mamlakatlari xalqi atrofidagi kishilarning uyqusiga xalaqit berishmasdi"; “Bu mamlakatda qonuniy jazo olish sharmandalik emas"; “Odam yoqimli gapni dengiz shovqini osha ham eshitadi”; “Adolat hech kimni chetlab o‘tmasligi kerak, aks holda u adolat deb atalmaydi”; “Hayot osmonidagi har bir kishiga yul ko‘rsatib turadigan belgi, bu Allohga eʼtiqoddir”; “Eng o‘tkir qilich ham jurʼatsiz qo‘lda o‘tmas bo‘lib qoladi".
Muxtasar aytganda, XVI asr boshida yashab o‘tgan buyuk shoh va shoir bobomizning, xorijlik muallif taʼrifi bi¬lan aytganda, Bobur—yo‘lbarsning naʼrasini XX asrda, Yevropaning Avst¬riya degan olis o‘lkasida turib eshitgan, bu hakda ulug‘ bir mehr-muhabbat bilan qissa yozgani uchun janob Frits Vyurtle nomi oldida taʼzim bajo etamiz.
Akmal Saidov, professor.
“O‘zbekiston adabiyoti va sanʼati” gazetasi, 2012 yil 2 mart, 9(4148)-son.
Fikr qoldirish#