Sinov yoʻsinida ishlamoqda

Bobur mohir iqtisodchi

Zahiriddin Muhammad Bobur atoqli davlat arbobi sifatida ham shuhrat qozona oldi. Qisqa hayoti davomida ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy-madaniy muammolarga oqillik bilan yechim topdi.


Xususan, oʻz davridagi iqtisodiy munosabatlarning, iqtisodiy qonunlarning mohiyatini, ularning jamiyat taraqqiyotidagi ahamiyatini chuqur tushunib, adolatli iqtisodiy barqaror muhit yaratdi. Aytish kerakki, uning hukmronligi mobaynida davlat va jamiyatda osoyishtalik, hamjihatlik taraqqiy topgan. Shoh asari “Boburnoma” uzoq yillar Buyuk ipak yoʻli boʻylab qilingan sayohat va kuzatishlar tafsiri berilgan asardir. Bu yoʻldan qancha-qancha savdogarlar, tojir(doʻkondor, tijoratchi)lar oʻz mollarini dunyoning turli mintaqa va mamlakatlariga yetkazib berganlar. Ular oʻzlari bilan savdo-iqtisodiyotnigina emas, ayni chogʻda xalqlar oʻrtasida tinchlik-totuvlikni ham bogʻlashga rishta bo’ganlar.

Maʼlumotlarga nazar solsak, hattoki mamlakatda kelishmovchilik, urush hukm surayotganda ham savdogarlarning mol-mulkini talash, zarar yetkazish, bosqinchilik qilish qattiq qoralangan. Amir Temur va uning vorisi boʻlgan Bobur davrida ham davlatlar, xalqlar oʻrtasida hamkorlik, halol savdo-sotiq olib borilgan, ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot uchun kurashilgan. “Boburnoma”da asar muallifi oʻzi tugʻilib oʻsgan yurt, Vatani, uning iqtisodiy, ma`naviy resurslari, mehnatkash xalqi toʻgʻrisida faxrlanib yozganlari asarni oʻqigan kishini hayajonga solishi haqiqat.


Bobur oʻz asarida savdo-sotiqning xalqlar oʻrtasidagi bebaho ahamiyatini chuqur tushuntirgan. Shu sababli u savdo karvonlarini yoʻllarda talash, mol-mulkiga zarar yetkazish kabi salbiy holatlarga qarshi chiqqan. Oʻzgalar mulkiga hiyonat qilmaslik, ularni muqaddas bilish, el-yurt farovonligi yoʻlida tinmay ishlayotgan odamlar mehnatini qadrlash zarurligini ustuvor vazifa sifatida belgilagan.

Bobur tuzgan davlatning bir necha asrlar ravnaq topib borgani, uning muborak nomi asrlar osha yashayotganini unda ijtimoiy adolat yuqori boʻlganligi tufaylidir. Bobur gʻoyat adolatli boʻlganligidan soliq sohasidagi qarashlari umuminsoniy qadriyatlarni aks ettirgan: soliqni hisoblash uchun mol-mulkning soliq solishga layoqatli miqdorini aniqlash zarur, deb bilgan. Soliq hosilga, ya`ni olinayotgan daromadga qarab belgilangan. Bobur ishlab chiqqan soliq siyosati uzoq yillar musulmon mamlakatlarida qoʻllanilgan.


Mohigul Boltaboyeva, Andijon chet tillar instituti tʼyutori, iqtisodchi.

“Andijonnoma” gazetasi, 2023-yil 14-fevral, 5-6(19911-19912)-son.

Fikr qoldirish#


O‘qish tavsiya qilinadi
Yosh shoirning shakllanishi yoki Bobur Mirzo Farg‘ona viloyati podshohi (1494-1504)

Zahiriddin Muhammad Bobur 1483 yil 14 fevral kuni Andijonda Farg‘ona...

Hukmdorlarga o‘rnak bo‘ladigan, dunyo olimlari havas qiladigan umr e’tirofi

This article explores the historical significance of Babur and the...


Maqolani baholang
0.0