Sinov yoʻsinida ishlamoqda

Bobur Mirzoning ma’naviy olami

– Bobur nomli xalqaro jamoat jamg‘armasi faoliyati...

– Jamoat arbobi Zokirjon Mashrabov tashabbuslari...

– Olti jildlik Kulliyot nashri...

– “Boburnoma” asarining ochilmagan qirralari...


Bobur nomidagi xalqaro jamoat fondi tashkil etilganining 30-yillik anjumani fidoyi boburshunos olim, jamg‘arma raisi, jamoat arbobi Zo¬kirjon Mashrabov tavalludining 90-yilligiga to‘g‘ri kelmoqda.

Ma’lum bo‘ladiki, muhtaram Zokirjon og‘amiz umrining roppa-rosa 30-yilini hazra¬ti Zahiriddin Muhammad Bobur faoliyatiga, shu yo‘ldagi tadqiqotlar, sayohat va izlanish– lar, xalqaro anjumanlar hamda ilmiy-ma’¬rifiy kitoblar nashriga bag‘ishlagan.

Bobur nomli xalqaro jamg‘armaning amal¬ga oshirgan xayrli ishlari juda ko‘p. O‘ttiz yillik faoliyat uch yuz yillarga tatigulik¬dir. Zokirjon Mashrabov faoliyatining eng sermazmun qismini ham hazrati Boburga fido qilingan bo‘lagi tashkil etadi.

Nazarimda, xalqaro jamg‘armaning eng xayrli va sharafli ishlaridan biri Zahirid¬din Muhammad Boburning 6 jildlik Kulliyoti nashr etilishidir. “Zilol Buloq” nashriyotida 2020-yildan boshlangan Kulliyot nashri 2022-yilda to‘liq nihoyasiga yetdi.

Bobur Mirzo Kulliyoti nashrini Zokirjon Mashrabov menga ishonib topshirgan edilar. Demak, olti jildlik Kulliyot Bobur nomida¬gi xalqaro jamoat fondi tashabbusi bilan birinchi marta nisbatan to‘liq holda chop etildi. Bu jamg‘arma faoliyatining zubdasi – xizmatlarining ravshan natijasidir.

Jamg‘arma raisi Zokirjon Mashrabov – Bobur Mirzo fidoyisi, u kishining xizmati va izzati shu ulug‘ va o‘lmas zot tufaylidir. Shu sababdan u kishining xizmatlari Pre¬zidentlar nazarida, nomi ne-ne arboblar tilida... Bu e’tirof va ehtiromga arzirli ne’matdir.


JAHON OLIMLARINING ARMUG‘ONI

Ilm va ma’rifat ahlini qadrlash ilm va ma’rifat ahllariga xosdir. Qo‘limizda 2021-yilda Istanbulda nashr etilgan, ajoy¬ib boburshunos olima, fan doktori, Ko‘jaeli universiteti professori Munavvar Tekjon to‘plab nashrga tayyorlagan “Zokirjon Mashra¬bovga armug‘on” (“Bobur izida o‘tgan bir umr)” kitobi turibdi. Kitobga musannif Munavva¬ra Tekjon so‘zboshi yozib, tasnifning sababi, maqsadi, mazmun-mohiyatini ochib bergan.

“Zokirjon Mashrabov: Samarali va ibrat¬li hayot yo‘li” maqolasida Bobur nomidagi xalqaro fond raisining hayot yo‘li qisqa va sermazmun ifodalarda bayon qilingan.

Tasnifda Qamchibek Kenja, Xayriddin Sulton, Abdumajid Madraimov, Begijon Ahmedov, Hamidulla Boltaboyev, Vahob Rah¬monov, Eiji Mano, Mansura Haidar, Benedek Peri, Munavvar Tekjon, Abdulla A’zamov, Bilol Yujel, Rahimmammat Kurenov, Ramiz Askar, kamina (Mirzo Kenjabek) kabi O‘zbe-kiston, Yaponiya, Turkiya, Hindiston, Ozarboy¬jon, Turkmaniston olim va qalamkashlari¬ning maqolalari jamlangan.

Bu jahon olimlarining Bobur nomidagi xalqaro fondning 30-yilligi va Zokirjon Mashrabov tavalludining 90-yilligiga bag‘i¬shlangan go‘zal bir armug‘onidi


OLTI JILDLIK KULLIYOT

Bobur Mirzoning olti jildlik kulliyoti haqida “”Xalq so‘zi”, “Adabiyot ziyosi” gaze¬talarida, “Bobur va dunyo” jurnalida yaxshi maqolalar e’lon qilindi. Bu o‘rinda kulli¬yotning qisqa mundarijasini eslab o‘tamiz.

1-JILD: Devon, masnaviylar va no¬malar. Bobur Mirzo Kulliyoti 1-jildining eng katta qismini DEVON tashkil etadi. De¬vonni nashrga tayyorlashda shoirning O‘zbe¬kistonda nashr etilgan barcha kitoblaridan, ayniqsa, fidoyi olima Shafiqa Yorqin arab imlosida nashr ettirgan Devon nusxasidan unumli istifoda etildi. Kulliyotga ilk bor san’atkor shoirning forsiyda bitgan g‘azal, rubo’iy, qit’a va fardlari kiritildi. Yana 1-jilddan Bobur Mirzoning ayrim nomalari (maktublari) ham o‘rin oldi.

2-JILD: Fiqhiy asar – “Mubayyan” va “Risolayi volidiyya tarjumasi”. “M-u¬bayyan” asari Temuriylar davri ijtimoiy, oilaviy, xususiy hayotidagi ilmiy, ma’ri¬fiy, diniy madaniyatning nazmiy ifoda¬sidir. “Mubayyan” asariga o‘z davrida shayx Zaynuddin ibn Qutbuddin al-Hanafiy al-Xa¬vofiy sharh yozib, uni “Mubayyin” (ba’zi manbalarda “Mubin”) deb atagan. Salkam besh asrlik tarix davomida “Mubayyan”ga al-Xavo¬fiyning forsiy “hoshiya”sidan boshqa sharh yozilgan emas. “Mubayyan” asari, nasriy bayoni va sharhidan iboratdir.

3-JILD: “Aruz risolasi” (“Mufas¬sal”). Bobur Mirzoning “Aruz risolasi” Ali¬sher Navoiyning «Mezon ul-avzon» asaridan so‘ng turkiy-o‘zbek aruzi haqida yozilgan ik¬kinchi yirik risoladir. Bobur Mirzo Sharq mumtoz she’riyatining asosiy masalalaridan biri bo‘lgan aruz vazni, uning nazariyasi va amaliyotiga oid ilmiy asari “Aruz risola¬si” (yoki “Aruz” yoxud “Mufassal”) degan nom bilan bizgacha yetib kelgan, bu asar nusxasi Britaniya muzeyida hamda Marmara (Turkiya) kutubxonasida saqlanayotgani haqida yetarli ma’lumot bor.

4-JILD: mashhur “Boburnoma” asarining Farg‘ona davri voqealaridan tarkib topdi. Bobur nomini dunyoga mashhur qilgan shoh asari «Boburnoma» ustidagi ijodiy ishini 1518—1519-yillarda boshlagan va umrining oxirigacha yozishda davom etgan.

5-JILD: “Boburnoma”ning Kobul davri voqealari. 5-jildda “Boburnoma”-ning Kobul davri voqealari jamlandi. Bu davr voqealarida Bobur Mirzoning Sulton Husayn Boyqaro, Alisher Navoiy, G‘aribiy (Sulton Husayn Mirzoning o‘g‘li Shoh G‘arib Mirzo), Osafiy va sohibdevon bo‘lgan sho¬irlar haqidagi ma’lumotlari jahon ahlini hayratga soladigan darajadagi olamshumul ma’lumotlardir.

6-JILD: “Boburnoma”ning Hindiston davri voqealari. Oldingi nashrlarda bo‘l¬ganidek, Bobur Mirzoning ayrim farmonlari, maktublari hamda “Boburnoma”dagi uzilish o‘rinlaridagi matnlar 6-jildga jamlandi. Asar oxiriga izoh va ko‘rsatkichlar ilova etildi.

Besh asrlik xazina. Qariyb besh asr¬dan beri jahon ahlini hayratga solib ke-layotgan muhtasham “Boburnoma” asarining ko‘plab xis–lat va fazilatlari batafsil o‘r¬ganilgan, kitob yigirmadan ortiq tillarga tarjima qilingan, jumladan, ingliz tiliga 10 marta, rus tiliga 4 marta, urdu va nemis tillariga 3 martadan o‘girilib, ko‘plab mar¬ta tadqiq etilgan, necha minglab adadlarda takror-takror nashr etilgan. Bobur Mirzo asarlari hamisha alohida-alohida kitoblar holida chop qilinib turgan. Lekin hamma dav¬rlarda ham so‘zi o‘lmas va o‘zi o‘lmas atoqli alloma va shoir asarlarini to‘liq jamlangan holda ko‘rish orzu qilingan. Bunga birinchi marta XXI asrning 20-yillarida, aniqrog‘i, 2021-yilda muvaffaq bo‘ldik. Zahiriddin Muhammad Boburning mavjud asarlari yangi O‘zbekiston tarixida ilk marta olti jildlik Kulliyot sifatida nashr etilmoqda.

Yaratgan Rabbimiz bu xayrli ishni bizga nasib etganidan mamnunmiz va shukrdamiz...

“Boburnoma” qadimiy Movarounnahr – bugungi O‘zbekiston, butun Farg‘ona vodiysi, ko‘hna Xuroson – bugungi Afg‘oniston hudud¬lari, jumladan, Kobul, Hirot, yana qadimiy Hind o‘lkasi – bugungi Hindiston va Pokiston hududlarini qamragan yagona keng qamrov¬li xotira asaridir. “Boburnoma” – jahonni kezuvchi kitob. Dunyoning ko‘plab xalqlari bu asarni o‘z manfaatlari nuqtayi nazaridan o‘r¬gangan, tadqiq etgan, u orqali bir necha Sharq mamlakatlarini tanigan, ularning geografi-yasi, iqlimi, yashash tarzi, siyosiy-ijtimoiy tuzumi va boshqa xususiyatlaridan xabardor bo‘lganlar.


TARIXIY DAVRLAR KO‘ZGUSI

“Boburnoma”ning muhim xususiyatlari va ochilmagan qirralarini quyidagicha bayon etish mumkin:

Birinchi xususiyati shuki, “Boburno¬ma” asari xilma-xil ilmlar qomusi, qomusiy ilmlar xazinasidir. Birinchi jildning so‘z¬boshisida ta’kidlaganimizdek, darhaqiqat, “Voqe’oti Boburiy”da adabiyot, she’riyat, san’at, tilshunoslik, lug‘atshunoslik, kito¬bat, siyosat, iqtisod, jug‘rofiya, maktubnavis¬lik, ta’rixnavislik (ta’rix janri) san’ati, din va dunyo, shariat va tariqat, fiqh va ta¬savvuf, etnografiya, jamiyatshunoslik, in¬sonshunoslik, falakiyot (astronomiya), tabo¬bat, harbiy ta’lim, bog‘dorchilik, miroblik, xalq og‘zaki ijodi, matematika, binokorlik va obodonlik, oila va jamiyat, islom arkoni va ahkomi, tushlar ta’biri kabi ko‘plab soha¬larga oid ilmlardan namunalar, ma’lumot va tushunchalar topish mumkin.

Ikkinchi xususiyati, asarda Boburshoh har bir narsaga, har bir sohaga podshoho¬na nazar bilan qaraydi, voqelikka davlat rahbari nuqtayi nazari va mas’uliyati bilan yondoshadi. Mamlakat hududi va chegarasi, iq¬limi, tabiati, tog‘ va obodon yerlari, dushman kelishi mumkin bo‘lgan taraflari, bog‘, poliz va ekin-tikinlari, xalqining xislati, dini, tili, harbiy quvvati, urf-odatlari, ilm-u fan, ma’rifat va ma’naviyati – hamma-ham¬masi sergak muallifning e’tiborida turadi.

Uchinchi xususiyati, “Boburnoma”da buyuk va e’tiborli allomalar alohida eslanadi. Tavsifiy so‘zlar davomida donishmand Bobur Mirzo bir jumla so‘z aytadi: “Sohibi «Hi¬doya» Marg‘inonning Rushdon otliq kentidin¬dur”. “Boburnoma”da yana buyuk tarixchi alloma Xond Amir (Xondamir) Muarrix, Xoja Qozi (Xoja Mavlonoyi Qozi), ulug‘ shoir, oshiq va orif zot Xoja Kamol Xo‘jandiy zikrlari ham alohida e’tiborga loyiqdir.


“SOHIBI «HIDOYA» MARG‘INONNING RUSHDON OTLIQ KENTIDINDUR”

Albatta, Boburdek alloma zot Marg‘inon haqida so‘zlaganda, jahonning buyuk faqihi, dunyoni zabt etgan, ko‘plab tarjimalari va yuzlab sharhlari bo‘lgan sharafli “Hidoya” asari muallifi – hazrati imom, shayxulis¬lom, hidoyat yo‘lining sarboni, Burhon-u-d- Din val-Milla (Din va millat hujjati) Burhonuddin Marg‘inoniyni eslamay o‘tishi aslo mumkin emas edi. U zotni eslash Boburga xos, Buburga yarashadigan, asarga ziynat ber¬gan xislatdir. Ilm kitoblarida u zot Sohibi “Hidoya” deb ulug‘langan. Ulug‘ faqihlar u ki¬shining muborak nomlarini “Hidoya”i sharif bilan bog‘lab, Sohibi “Hidoya” deydilar.

Bu ulug‘ odob va ta’rif namunasi o‘tgan ulug‘lardan, jumladan, Zahiriddin Muhammad Boburdan qolgan oliy an’ana ekani ma’lum bo‘layotir. Yana Rushdon kentini eslash u man¬zil dunyo hayotida rushdu hidoyat topgan olim va sayyidlar vatani ekanini anglatadi.

“Boburnoma”da yana buyuk tarixchi alloma Xond Amir (Xondamir) Muarrix, Xoja Qozi (Xoja Mavlonoyi Qozi), ulug‘ shoir, oshiq va orif zot Xoja Kamol Xo‘jandiy zi¬krlari ham alohida e’tiborga loyiqdir. To‘qqiz yuz o‘ttiz oltinchi (1529) yil – Hin¬diston davri voqealarida Bobur Mirzo yoza¬di: “Va Xond Amir Muarrixkim, turfa kishi edi, tasoniflari (asarlari) borkim, xalq orasida mashhurdur: «Habibus-siyar» va «X-u¬losatul-axbor» va «Dasturul anvor» va o‘zga tasniflari ham bor”.

To‘rtinchi xususiyati, “Boburnoma” asa¬rida nomlari zikr qilingan tarixiy shax¬slarning manoqiblari – xislat va fazilat¬lari, fe’llarining nodir qirralari, hayot va faoliyatlari alohida ilmiy tadqiqotga asos bo‘ladi. Masalan, ulug‘ sahoba hazrati Qusam ibn Abbos – Shohi Zinda (roziyallohu anhumo), Xoja Ubaydulloh Ahror, Hofiz Ko‘hakiy Toshkandiy, Alisher Navoiy, Munshiy Shayx Zaynuddin Xavofiy kabi shaxslar haqi¬dagi nozik tavsiflar sharhlansa, ulkan bir kitob bo‘ladi.

Beshinchi xususiyati, “Boburnoma” ta’¬rixnavislik san’atiga doir bir qancha she’¬riy misollar bilan ziynatlangan. Birin¬chi misol, buyuk alloma Mirzo Ulug‘bekning o‘ldirilishiga doir to‘rt misralik forsiy she’riy ta’rix, ikkinchi, Mirzo Ulug‘bekning padarkush o‘g‘li Abdullatif o‘limi, uchinchi, o‘z yaqin kishilaridan No‘yon ko‘kaldoshning foji¬ali o‘limi, to‘rtinchi, uch aziz-avliyoning karo¬mati bo‘lgan Xoja Seyoron (Uch yorlar) nomli chashmadan bir tegirmon suvni g‘arbi-janubiy tarafidagi pushtaning ustiga keltirilgani, beshinchi, o‘g‘li Humoyun tug‘ilgani, yettinchi, Hindistonni egallash tarixi, o‘ninchi, Chandi¬riyni egallash voqeasi, o‘n birinchi, Humoyun Mirzo o‘g‘il farzand ko‘rgani va Al-Omon deb nom olgani kabi tarixlarni misol keltirish mumkin. “Boburnomada “Ta’rix” janriga oid keltirilgan oliy va hayratli misollar bir mustaqil ilmiy tadqiqotga manba bo‘ladigan go‘zal tarix yodgorliklaridir.

Oltinchi xususiyati – “Boburnoma”da keltirilgan arabiy ifodalar, Qur’oni ka-rim oyatlari va hadislar matnidir.

Yettinchi xususiyati, “Boburnoma”dagi nozik fiqhiy masalalar bayoni.

Sakkizinchi xususiyati, Temuriy hukm¬dorlar va ularga daxldor shaxslarni qarin¬doshlik tuyg‘usi bilan eslash.

To‘qqizinchi xususiyati, “Boburnoma”da¬gi she’riy parchalar alohida ilmiy tadqiqot manbaidir. Har bir she’riy parchaning kel¬tirilish sababi, tarixiy tabiati, xulosa va natijasi bor. Kitobda jami 447 misra (223 bayt) keltirilgan bo‘lib, bir toq satr ham uchraydi.

O‘ninchi xususiyati, “Boburnoma” asari¬da yuksak tasavvufiy ruh, tasavvufiy tushun¬chalarning mavjudligi va ustunligi, tariqat sirlarining nozik uslub bilan bayon qilib bo¬rilishi – hali ilmda o‘rganilmagan mavzudir.

O‘n birinchi xususiyati, “Boburnoma”da¬gi Bobur Mirzo shaxsining manzaralaridir. Ilm ahliga ma’lum, hazrati Bobur kitobda o‘z shaxsining quvvatli taraflarini kamtarlik bilan namoyon etish bilan birga, o‘z shaxsi¬ning zaif tomonlarini ham yashirmaydi.


DUNYO TURGUNCHA TURADIGAN ASAR

“Boburnoma” asarining jahonshumul xis¬latlari haqida uzoq davrlar davomida ko‘p va xilma-xil asarlar yozilgan, lekin asarning barcha fazilat va xususiyatlari yozib tugatil¬gan emas. Umid qilinadiki, bu m-uhtasham asar haqida yozish, so‘zlash, fikrlash to dunyo tur¬guncha davom etadi.

So‘zimiz nihoyasida Bobur nomidagi xalqa¬ro jamoat jamg‘armasi faoliyatiga ravnaq va muvaffaqiyat, jamg‘arma raisi, jamoat arbo¬bi Zokirjon Mashrabovga uzoq va barakotli umr tilaymiz!


Mirzo Kenjabek, Xalqaro Bobur mukofoti sohibi,

«Adabiyot ziyosi» gazetasi, 2022 yil 28 iyul, 28(129)-son.

Fikr qoldirish#


O‘qish tavsiya qilinadi
Yosh shoirning shakllanishi yoki Bobur Mirzo Farg‘ona viloyati podshohi (1494-1504)

Zahiriddin Muhammad Bobur 1483 yil 14 fevral kuni Andijonda Farg‘ona...

Hukmdorlarga o‘rnak bo‘ladigan, dunyo olimlari havas qiladigan umr e’tirofi

This article explores the historical significance of Babur and the...


Maqolani baholang
0.0