Sinov yoʻsinida ishlamoqda

Miniatyura

Lat. minium – kinovar, qizil bo‘yoq – 1) nafis ishlangan kichik hajmli tasviriy sanʼat asarlari: qo‘l yozma kitoblarga ishlangan surat, manzara, grafik tasvirlar; emal, guash, akvarel va b. b-n ishlangan kichik portret, suratlar. Qadimgi Misrda qo‘l yozma asarlar badiiy bezatilgani maʼlum. Antik davr oxirlarida, milodning dastlabki asrlarida yaratilgan asarlarning mazmunini ifodalashga xizmat qilgan ayrim kitob rasmlarining namunalari saqlangan (Terensiy qo‘l yozmasi, «Iliada»). Badiiy M.ning asosiy sohasi kitob M.si ko‘pgina mamalakatlarda qadimdan rivoj topgan. O‘rta Osiyo, jumladan O‘zbekiston terr-yasida ham qo‘l yozma kitoblarga ishlangan tasvirlar qadimdan bor. 10-11asrlarda rivoj topgan M.sanʼati 14–15asrlarga – Temuriylar davriga kelib ancha kamolotga erishdi. 16–17asrlarda esa, o‘z mazmun yo‘nalishi, badiiy uslubi, anʼanalari, estetik normalariga ega bo‘lgan M. maktablari vujudga keldi. Abulqosim Firdavsiy, Nizomiy Ganjaviy, Xusrav Dehlaviy, Abdurrahmon Jomiy, Alisher Navoiy, Zahiriddin Bobir kabi buyuk shoirlarning asarlari b-n bir qatorda Sharafiddin Ali Yazdiyning «Zafarnoma»si hamda «Shayboniynoma», «Fathnoma», «Tarixi Abulxayrxon» kabi tarixiy asarlar ham katta mahorat b-n bezatilgan... 15asrning 2yarmida katta madaniy markaz bo‘lib, shoir, sanʼatkorlar yig‘ilgan Hirotda Alisher Navoiy homiyligida Hirot miniatyura maktabi vujudga keldi. Bu yerda Behzod, Sulton Muhammad kabi rassom va naqqoshlar ijod etdi. 16a. boshlarida Temuriylar davlati inqirozi natijasida Hirot madaniy markaz sifatidagi o‘z ahamiyatini yo‘qotib, Tabriz madaniy markazga aylangach, ko‘pgina sanʼat vakillari, jumladan Behzod ham Tabrizga taklif qilindi. 1522 y. aprelida u saroy kutubxonachisi va rassom-naqqoshlarga rahbar qilib tayinlandi. Bu yerga Sulton Muhammad va b. atoqli rassom-naqqoshlar ham kelgan edilar. Shu tarzda Tabriz miniatra maktabi shakllandi... Bobiriylar davrida Hindiston miniatyura maktablari paydo bo‘ldi. 17-18 asrlarga kelib, Sharq M.sida qo‘l yozma kitoblargina emas, mustaqil, hayotiy voqealarni tasvirlovchi rasmlar, portretlar yaratila boshladi. Hozir kpgina Sharq mamalakatlarida bu sanʼatning o‘ziga os uslublari mavjud... Ad.: «Bobirnoma» rasmlari, [96 miniatyuradan iborat albom], T., 1970; Miniatyurы rukopisi «Babur-name», M., 1960; Alisher Navoiy dostonlariga ishlangan rasmlar, [32 miniatyuradan iborat albom], T., 1970; Djami v miniatyurax XVI v., M., 1966; Sredneaziatskiye miniatyurы XVI-XVIII vv., M., 1964; Albom indiyskix i persidskix miniatyur XVI-XVIII vv., M., 1962; Drevne-russkaya miniatyura (Albom), M., 1933; Kazi Axmed, Traktat o kalligrafax i xudojnikax, M.-L.,, 1947; Norqulov N., Nizomiddinov I., Miniatyura tarixidan lavhalar, T., 1970.


O‘zSE, T, 1971-1980. t.7. 1976. – B. 250-251. (O‘zbekcha); Миниатюра (лат. minium – киноварь, красная краска).

Fikr qoldirish#


O‘qish tavsiya qilinadi
Yosh shoirning shakllanishi yoki Bobur Mirzo Farg‘ona viloyati podshohi (1494-1504)

Zahiriddin Muhammad Bobur 1483 yil 14 fevral kuni Andijonda Farg‘ona...

Hukmdorlarga o‘rnak bo‘ladigan, dunyo olimlari havas qiladigan umr e’tirofi

This article explores the historical significance of Babur and the...


Maqolani baholang
0.0