Sinov yoʻsinida ishlamoqda

Mirza Muhammad Haydar (vafoti 958/1556)

XVI asrda yashagan ko‘zga ko‘ringan tarixnavis olimlardan Muhammad Husayn Ko‘ragonning o‘g‘li Mirza Muhammad Haydardir. U «Tarixi Rashidiy» nomli tarixiy asar muallifi. U Mirza Haydar nomi bilan mashhur. Bu asar Mirza Haydar tomonidan 1541-1546 yillar atrofida Abdurashidxon ibn Sulton Saidxon ibn Yunusxonga atab yozilgan. Shu sababli bu asarni «Tarixi Rashidiy» nomi bilan atagan. Mirza Haydarning o‘z asarida ko‘rsatishicha, bu yerda keltirilgan tarixiy voqealarning ko‘pini u o‘z ko‘zi bilan ko‘rgan va ularda qatnashgan bo‘lib, bu jihatdan ham mazkur asar himmatli hisoblanadi. Mirza Haydar 905/1499-1500 yili Toshkentda dunyoga keladi. Mirza Haydarning onasi Xo‘b Nigorxonim toshkentlik Yunusxonning qizi edi. Mirza Haydar Zahiruddin Muhammad Boburning xolavachchasidir. Otasi Muhammad Husayn Ko‘ragon Toshkent va O‘ratepa hokimi bo‘lgan. 1508 yili Shayboniyxonning amri bilan Hirotda o‘ldirilgan. Otasining vafotidan so‘ng Mirza Haydar bir necha yil Bobur huzurida bo‘ladi. So‘ng 24 yil davomida Yunusxonnipg o‘g‘li Sulton Saidxon qoshida bo‘ladi va tarbiya topadi. Uning harbiy yurishlarida ham ishtirok etadi. Maʼlum vaqt Mirza Haydar Kobul, G‘azna, Qandahor va Panjob hokimi Komron Mirza huzurida ham bo‘ladi. So‘ngra Mirza Haydar 947/1540 yildan boshlab 958/1551 yilgacha Kashmirda hokimlik qiladi. U Qashmirda kechasi bo‘lgan janglardan birida halok bo‘ladi. Mirza Haydarning bu «Tarixi Rashidiy» asari O‘rta Osiyo, Afg‘oniston, Shimoliy Hindiston, Tibet tarixini o‘rganishda muhim manbadir. Bu asarda To‘g‘luq Temurxondan (XIV) – 1546 yilgacha bo‘lgan tarixiy voqealar bayon etilgan. Mazkur asarda faqat siyosiy hayot tasvirlanib qolmay, Issiqko‘l, Kashmir, Tibet va boshqa o‘lkalar haqida ham juda qiziqarli geografik maʼlumotlar keltirilgan. Bu asardan ikki qo‘lyozma nusxa O‘zSSR Fanlar akademiyasi Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik institutining qo‘lyozma asarlar xazinasida saqlanmoqda. Ulardan biri fors-tojik tilida yozilgan bo‘lib, ikkinchisi 1253/1837-1838 yili Qoshg‘ar hokimi Zuhuruddin Tojihakim beklik buyrug‘iga binoan uyg‘ur-o‘zbek tiliga tarjima qilingan nusxadir. Qo‘lyozmada tarjimonning nomi keltirilmagan. Tarjimon 1546 yildan 1838 yilgacha bo‘lgan Koshg‘ar tarixinn ham yozib to‘ldirgan. Mazkur asardan, shuningdek, qo‘lyozma nusxalar Tojikiston SSR Fanlar akademiyasi Sharqshunoslik institutining qo‘lyozma asarlar xazinasida, SSSR Fanlar akademiyasi Sharqshunoslik institutining Leningrad bo‘limida, Leningrad Davlat universiteti Sharq fakultetining kutubxonasida saqlanmoqda.


Munirov Q. va boshq. Toshkent tarixida baʼzi siymolar. Q.Munirov, A.Irisov, A.Nosirov; Masʼul muharrir M.M.Xayrullayev. –T.: «Fan», 1983. -56 b. – B. 40-42. (O‘zbekcha); Мирза Мухаммад Хайдар.

Fikr qoldirish#


O‘qish tavsiya qilinadi
Yosh shoirning shakllanishi yoki Bobur Mirzo Farg‘ona viloyati podshohi (1494-1504)

Zahiriddin Muhammad Bobur 1483 yil 14 fevral kuni Andijonda Farg‘ona...

Hukmdorlarga o‘rnak bo‘ladigan, dunyo olimlari havas qiladigan umr e’tirofi

This article explores the historical significance of Babur and the...


Maqolani baholang
0.0