Sinov yoʻsinida ishlamoqda

Mirzo Komron haqidagi taʼrixlar

Humoyun Mirzo Komronning ko‘zini ko‘r qilgani haqidagi taʼrix:

Komron xusravi oliy miqdor,

Ki binolid zi dardash mahu mehr.

Chashmi ayyom zi ro‘yi hasadash,

Soxt mahrum zi har neku chehr.

Z-on sabab guft xirad taʼrixash:

«Chashmi po‘shid zi bedodi sipehr».


Tarjimasi:

Yuksak qadrli shoh Komronkim,

Uning dardidan oy va quyosh ham nola chekdi.

Ayyom ko‘zi uning yuziga hasad qilib,

Go‘zal yuzlilarni (ko‘rishdan) uni mahrum qildi.

Shu sababli aql uning taʼrixini:

«Falakning bedodligidan ko‘zini yumdi» deb aytdi.

So‘nggi misra «Chashmi po‘shid zi bedodi sipehr» – }سپهر بيداد ز پوشيد چشم{ – dan taʼrix, yaʼni 960/1552 yil chiqadi.


* * *


Mirzo Komron ko‘r qilingandan so‘ng quyidagi matlaʼni yozib Humoyunga yuborgan:

Gar nashtari g‘am chashmi maro zeru zabar kard

Sadshukr, ki az didani tu qatʼi nazar kard.


Tarjimasi:

G‘am nashtari mening ko‘zimni ostin-ustin qildi,

Yuz shukrki, seni ko‘rishdan mahrum qildi.


* * *


Komron Mirzoning vafoti haqida Mavlono Vaysiy aytgan taʼrix:

Shahi Komron – xusravi nomdor,

Ki dar saltanat sar ba Kayvon rasond.

Mujovir shud andar Haram chor sol,

Ba kulli dil az qaydi olam rahond.

Zi baʼdi vuqufi hajji choro‘min,

Dar ehromi hajj jon ba jonon fishond.

Chun dar xobi Vaysiy dar omad shabe,

Inoyat namudu suyi xesh xond.

Biguft, ar pursand az favti man,

Bigu: «Shohi mahrum dar Makka mond!»


Tarjimasi:

Shoh Komron nomdor hukmdor,

Saltanat bilan boshi Kayvon yulduziga yetgan edi.

Haramda to‘rt yil turib,

Olamdan butunlay ko‘nglini ozod qilgan edi.

To‘rtinchi marta hajda turgan paytida,

Haj ehromida jonini Haqqa taslim qildi.

Tunlarning birida Vaysiyning tushiga kirib,

O‘zi tomonga marhamat qilib chaqirdi.

Dedi: agar mening o‘limim taʼrixini so‘rasalar,

Ayt: «Mahrum shoh Makkada qoldi!»

Bu yerda «Shohi mahrum dar Makka mond!» – }ماند مكه در محروم شاه{ taʼrix moddasi bo‘lib, undan 964/1556 yil chiqadi.


* * *


Mirzo Komron vafoti haqida Mulla Qosim Kohiy aytgan taʼrix:

Komron on, ki podshohiro,

Kas nabuda ba misli o‘ darxurd.

Shud zi Kobil ba Kaʼbavu onjo,

Jon ba Haq dodu tan ba xok supurd.

Guft taʼrixi favti o‘ Kohiy:

«Komron podshoh ba Kaʼba bimurd».


Tarjimasi:

Podshohlik uchun Komron kabi,

Sazovor hech kishi yo‘q edi.


Kobildan Kaʼbaga ketdiyu, o‘sha yerda –

Haqqa jon taslim qilib, tanini tuproqqa topshirdi.

Uning vafoti taʼrixini Kohiy,

«Komron podshoh Kaʼbada o‘ldi» deb aytdi.

So‘nggi misra «Komron podshoh ba Kaʼba bimurd» –}مرد مكه به پادشاه كامران{ – taʼrix moddasi bo‘lib, undan 964/1556 yil chiqadi.


Mahmud Hasaniy. «Taʼrixlarda Temuriylar siymosi». Masʼul muharrir: A.Madraimov.

Taqrizchi: V.Rahmonov. – Toshkent: «Navro‘z» nashriyoti, 2020. – 160 bet. – B. 39-42. (O‘zbekcha); Хроника о Мирзо Комрон.

Fikr qoldirish#


O‘qish tavsiya qilinadi
Yosh shoirning shakllanishi yoki Bobur Mirzo Farg‘ona viloyati podshohi (1494-1504)

Zahiriddin Muhammad Bobur 1483 yil 14 fevral kuni Andijonda Farg‘ona...

Hukmdorlarga o‘rnak bo‘ladigan, dunyo olimlari havas qiladigan umr e’tirofi

This article explores the historical significance of Babur and the...


Maqolani baholang
0.0