Sinov yoʻsinida ishlamoqda

Mirzo G‘olib

Mirzo Asadullaxon G‘olib [1797.27.12, Akbarobod (hoz. Agra) – 1869.15.2, Dehli] – shoir, faylasuf, tarixchi, lug‘atshunos olim. Asli samarqandlik. Buvasi Mirzo Qo‘qonbek Xon 1748-49 y.larda Samarqanddan Hindistonga keladi va Lohurda lashkarboshi etib tayinlanadi. Otasi Abdullabek Xon Lakhnau, Haydarobod va Alvarda yollanma harbiy askar bo‘lib xizmat qilgan. 15 yoshida Asad va G‘olib taxalluslarida sheʼrlar yozaboshlagan shoir keyinchalik Dehliga ko‘chib ketadi. Bu yerda fors shoirlari b-n tanishadi, ayniqsa, Bedil sheʼriyatiga ko‘ngil bog‘laydi. 1817 y. u yana Agraga qaytaddi. M.G‘. 2 qismdan iborat «Partaviston» («Nuriston»), «Mehri nimro‘z», «Peshin quyoshi», 1885) nomli tarixiy asarlar muallifi. M.G‘. Bahodir Shoh Zafar saroyida sol- nomachi unvoniga ega bo‘lgach, unga temuriylar sulolasi tarixini yozish ishi topshiriladi. «Mehri nimro‘z» kitobi ayni shu maqsadda yozila boshlagan. M.G‘. uning faqat 1-kitobini yozib tugatgan. Bu asar Humoyun hukmronligi davrigacha bo‘lgan voqealarni o‘z ichiga olgan... M.G‘. Dehlidagi Nizomiddin Avliyo qabristoniga dafn tilgan. Sheʼrlar to‘plami (Rahmonberdi Muhammadjonov, Yong‘in Mirzo tarjimasi), g‘azalllari (Shoislom Shomuhamedov tarjimasi) o‘zbek tilida nashr etilgan. Toshkent sh.dagi ko‘cha, mahalla, masjid M.G‘. nomiga qo‘yilgan.


Shaydo 1965; G‘azallar, T., 1975. Muhayyo ABDURAHMONOVA. O‘zME, T, 2000-2006, t.5, 2003, 704 b. – B. 699-700. (O‘zbekcha); Мирзо Голиб, Мирзо Асадуллахон Голиб.

Fikr qoldirish#


O‘qish tavsiya qilinadi
Yosh shoirning shakllanishi yoki Bobur Mirzo Farg‘ona viloyati podshohi (1494-1504)

Zahiriddin Muhammad Bobur 1483 yil 14 fevral kuni Andijonda Farg‘ona...

Hukmdorlarga o‘rnak bo‘ladigan, dunyo olimlari havas qiladigan umr e’tirofi

This article explores the historical significance of Babur and the...


Maqolani baholang
0.0