O‘rta Osiyo xonliklarida mansabdor shaxs; saroy otxonalari boshlig‘i. Buxoro amirligida M. – hukmdorning eng yaqin kishilariga beriladigan to‘rtinchi sharafli rutba. M. saroy otboqarlariga yetakchilik qilishdan tashqari, amir haramini ehtiyotlash, u yerga oziq-ovqat, kiyim-kechak va h.k. zaruriy narsalar keltirish b-n ham mashg‘ul bo‘lgan. Bobur, Ogahiy asarlarida M.ning harbiy yurishlarda ishtirok etib, muayyan qism va bo‘linmalarga sarkardalik qilganligi haqida maʼlumot keltiriladi.
O‘zME, T, 2000-2006, t.6, 2003, 704 b. – B. 8. (O‘zbekcha); Мирохур (начальник конюшни правителя)
Fikr qoldirish#