Sinov yoʻsinida ishlamoqda

Monumental haykaltaroshlik

Haykaltaroshlikning meʼmorlik va shaharsozlik b-n bog‘liq turi. O‘z ko‘rinishiga ko‘ra, dumaloq (mukammal) va relyef turlariga bo‘linadi. M.h. asarlari o‘zida katta mazmun ifoda etadi hamda mustaqil ijtimoiy xususiyatga ega bo‘lib, bevosita atrof muhit, meʼmoriy binolar b-n uyg‘unlashtiriladi. Asarlari uzoqdan tomosha qilishga mo‘ljallanganligi uchun katta-katta, yaxlit shakllardan keng foydalaniladi; maydonlar, istirohat bog‘lari, xiyobonlar, ko‘cha va b.ga o‘rnatiladi, shuningdek, bino devorlariga ishlangan haykallar ham M.h.ga taalluklidir. M.h.ga muhim tarixiy voqealar, atoqli shaxslar xotirasini abadiylashtirish maqsadida o‘rnatilgan monument, yodgorliklar, haykaltaroshlik majmualari, shuningdek, bezak haykaltaroshligi (mas, Navoiy teatri binosi oldidagi favvora va b.) asarlari kiradi... Ayniqsa, mustaqillikdan keyin M.h. yangi milliy mavzular b-n boyidi: O‘zbekistonning buyuk shaxslariga meʼmoriy haykaltaroshlik majmualari, mahobatli haykallar (Amir Temur, Alisher Navoiy, Bobur, Jaloliddin Manguberdi, Al-Farg‘oniy, Alpomish va b.) barpo etildi. 


 O‘zME, T, 2000-2006, t.6. 2003. -704 b. – B. 83. (O‘zbekcha); Монументальная скульптура.

Fikr qoldirish#


O‘qish tavsiya qilinadi
Yosh shoirning shakllanishi yoki Bobur Mirzo Farg‘ona viloyati podshohi (1494-1504)

Zahiriddin Muhammad Bobur 1483 yil 14 fevral kuni Andijonda Farg‘ona...

Hukmdorlarga o‘rnak bo‘ladigan, dunyo olimlari havas qiladigan umr e’tirofi

This article explores the historical significance of Babur and the...


Maqolani baholang
0.0