Andijon viloyat adabiyot va san’at muzeyi – Andijon sh.dagi o‘zbek adabiyoti va san’ati asarlari to‘plangan muassasa. 1989 y. viloyat o‘lkashunoslik muzeyidan ajralib chiqib mustaqil faoliyat ko‘rsata boshlagan. Andijon sh.dagi me’moriy yodgorlik Ahmadbek hoji mehmonxonasi (muzey ma’muriyati va san’at bo‘limi) hamda Ark ichi (adabiyot bo‘limi) me’moriy yodgorligida joylashgan.
1975 y. O‘zbekiston Qo‘lyozmalar in-ti adabiyot muzeyining Andijon bo‘limi sifatida H. Sulaymonov tashabbusi bilan Andijon jome masjidi majmuasida ochilgan.
1978 y.dan viloyat o‘lkashunoslik muzeyi ixtiyorida, tasviriy va amaliy san’at bo‘limi tashkil etildi. Muzeyning umumiy jamg‘armasi 3718 ta bo‘lib, adabiyotlar (2565 ta), tasviriy va amaliy san’at asarlari (1000 dan ortiq) to‘plangan. Muzeyda respublika va viloyat miqyosidagi turli davrlarda xalq ustalari tomonidan yaratilgan amaliy san’at namunalari, tasviriy san’at asarlari, sharq mutafakkirlari qo‘lyozma va toshbosma asarlari, hoz. davr adabiy muhitini aks ettiruvchi materiallar saqlanadi. Jumladan, Bobur bo‘limida Bobur hayoti va ijodiga oid boy materiallar, tarixiy manbalar to‘plangan; Jomiyning «Devon»i, A. Bedilning «Kulliyot»i va b. qo‘lyozma asarlar diqqatga sazovor. Muzeyda turli mavzuda ko‘rgazmalar ashkil qilinadi.
O‘zME, T, 2000-2006, t.1. 2000, 736 b. – B. 326. (O‘zbekcha);
Музей литературы и искусства Андижанской области.
Fikr qoldirish#