Arab. - ko‘r, ko‘r qilingan – o‘zbek mumtoz adabiyotida sheʼriy janr; poetik sanʼ- at turi. Unda biror so‘z, ism (yoki bosh harflari), sana va boshqalar yashirib beriladi. Ko‘pincha 1 bayt, baʼzan 2 baytdan iborat bo‘lib, unda biror so‘z yoxud fikr so‘z o‘yini asosida yashiringan bo‘ladi. Agar sheʼriy bayt boshdan oxir shu asosga qurilgan va tugallangan bo‘lsa, M. deyiladi. Shunchaki baytlar orasida kelsa, sheʼriy vosita, poetik sanʼat deb qaraladi. M.ni tuzish (yara- tish) va ochish (yechish)ning bir necha usullari mavjud. Ko‘pincha undagi biror so‘z ochqich vazifa- sini o‘taydi. Arab tili grammatikasi qoidalari, arab alifbosi harflarining shakliy ramzla- ri, abjad hisobi va boshqalarni bilish M. uchun zarur. O‘zbek mumtoz adabiyotida M.chilik zehn va idrokni tarbiya qilish maktabi hisoblangan. Shoirning mahorati M.ni yecha olish qobiliyatiga qarab belgilangan. Dastlab Sharafiddin Ali Yazdiy («Hulali mutarraz dar fanni muammo va lug‘z» – «Muammo va lug‘z fani to‘g‘risida bezatilgan ipak kiyimlar»), so‘ng Abdurahmon Jomiy («Risolai muammoi kabir» – «Muammo haqida katta risola»; «Risolai muammoi sag‘ir» – «Muammo haqida kichik risola»), Alisher Navoiy («Risolai mufradot») va boshqalar M. yozish qoidalari haqida asarlar yozganlar. Navoiyning 500 ga yaqin, Boburning 600 ga yaqin M.lari yetib kelgan.
Atoulloh Husayniy, Badoyi us-sanoyi, T., 1981; Orzibekov R., Lirikada kichik janrlar, T., 1976. // O‘zME, T, 2000-2006, t.6, 2003, 704 b. – B. 105. (O‘zbekcha); Муаммо (араб. – сле- пой, ослепленный) – поэтический жанр в классической литературе; вид поэтической культуры.
Fikr qoldirish#