Sinov yoʻsinida ishlamoqda

Muborak maktub

«Boburnoma»ning Sankt-Peterburgda saqlanayotgan qo‘lyozmalari orasida asarning Komron Mirzoga shaxsan tegishli bo‘lgan nusxasi (qo‘lyozmasi) hamda Boburning Komron Mirzoga yuborgan muborak maktubi borligi Humoyun qo‘lyozmasida ham yuqoridagi parcha bor, degan xulosaga olib keladi. Hakiqatan xam, «Boburnoma» matni bizgacha mukammal holda yetib kelmagan.Uni turli tillarga o‘girgan ko‘p sonli tarjimonlar qo‘lga tushgan har xil nusxalardan foydalanishlari natijasida voqealar buzilib talqin etilgan, orada uzilishlar mavjud, jumlalar tushib kolgan. Bu esa, o‘z-o‘zidan tarjima matnlarga tanqidiy yondashish zaruratini keltirib chiqaradi.

Bugungi kunda umumiy o‘ttiz olti yillik bitikdan ko‘pi bilan yigirma yillik voqealarni o‘z ichiga olgan matn ko‘limizda mavjud, xolos. Asarning asl nusxasi esa aslida hajm jihatidan ikki barobar ko‘p bo‘lishi kerak. Darhaqiqat, asarning kattagina qismi yo‘qolgan yoki yo‘qotilgan ham bo‘lishi mumkin. Ushbu dalillardan xulosa yasagan holda aytish mumkinki, saqlanib qolgan qismlar tanqidiy nashrning olti yuzdan ortiq sahifasini to‘ldiradi, vaholanki, «Boburnoma»ning asl nusxasi ming sahifadan ortiq bo‘lishi kerak.

Avvallari ham «Boburnoma» matnida bu qadar ko‘p uzilishlar uchrashini tushuntirib berish uchun qator taxminlar ilgari surilgan. Hanuz matnning kattagina qismining yo‘qolishiga sabab nima, degan savol sirligicha qolmoqda.

«Boburnoma» Boburshohning o‘z hayot faoliyatini xronologik tartibda bergan memuar asar hisoblanadi. Unga, shuningdek, avtobiografik asar deb ham qarash mumkin. Bundan tashqari o‘zining hayoti va faoliyati sahnasida muhim o‘rin tutgan Farg‘ona, Samarqand, Kobul, Hindiston va boshqa hududlarning jug‘rofiyasi haqida boshqa manbalarda topilmaydigan batafsil maʼlumotlarni yozib qoldirgan. Shu sabab, «Boburnoma» nafaqat o‘zining adabiy qadr-qimmati bilan, balki XV-XVI asrdagi Markaziy Osiyo, Afg‘oniston va Hindistonning siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy-jug‘rofiy va madaniy shart-sharoitlari haqida qimmatli maʼlumotlarni beruvchi nodir manba sifatida ham ahamiyatlidir.

Qiyosiy tahlil natijalaridan quyidagi xulosalarni chiqarish mumkin:

1. «Boburnoma»ning L.U. King tomonidan amalga oshirilgan nashri asarning ishonchli ko‘lyozma manbalarini qiyosiy o‘rganish natijasida yuzaga kelgani bilan alohida ajralib turadi. Bu nashr prinsiplaridan ko‘l kelgan glossa, konyektura, interpolyatsiya «Boburnoma»ning ilmiy-tanqidiy matnini yaratishda foydalanish mumkin.

2. L.U. King nashridagi glossa va konyekturalar olimning «Boburnoma» matnini izohlashda matnshunoslikning nazariy asoslaridan foydalanilganini ko‘rsatadi. Olimning bu boradagi kuzatishlarini Sharq matnshunosligi, xususan, germenevtika ilmi tajribalari bilan sintez holida qo‘llash o‘zbek matnshunosligi sarhadlarini yanada kengaytiradi.


OTAJONOV N., HOSHIMOVA D.

“Boburnoma” – sharq elchisi, T, 2010. – B. 41-42. (O‘zbekcha); Благословенное письмо. В кн. Отажонов Н., Хошимова Д. “Бабур-нама” – посол Востока.

Fikr qoldirish#


O‘qish tavsiya qilinadi
Yosh shoirning shakllanishi yoki Bobur Mirzo Farg‘ona viloyati podshohi (1494-1504)

Zahiriddin Muhammad Bobur 1483 yil 14 fevral kuni Andijonda Farg‘ona...

Hukmdorlarga o‘rnak bo‘ladigan, dunyo olimlari havas qiladigan umr e’tirofi

This article explores the historical significance of Babur and the...


Maqolani baholang
0.0