Sinov yoʻsinida ishlamoqda

Murodbaxsh (1621-61)

Boburiylardan Shoh Jahonning 4-kenja o‘g‘li, onasi Mumtoz Mahal (Arjumand bonu) begimdir. Shoh Jahon M.ga Gujarot hokimligini inʼom qilgan edi. 1657 y.da kichik akasi Avrangzeb b-n ittifoq tuzib, taxt sohibi – katta akasi Doroshukuhga qarshi kurashadi. Bu paytda otasi Shoh Jahon kasal yotardi. 1657 y. dek.da u o‘zini Ollohobodda podshoh deb eʼlon qiladi. 1658 i. 15 apr.da akasi Avrangzeb b-n birga Ujayna yaqinida Doroshukuhga qarshi jang qiladi. Jang Doroshukuhning mag‘lubiyati b-n tugaydi. 2-jang Agra yaqinidagi Samugarhda bo‘ladi. Bu jangda Doroshukuh sarkardalarining xiyonati b-n mag‘lubiyatga uchraydi. Avrangzeb akasi Doroshukuhni asirga olgach, Agraga kirib taxtni egallaydi. 1658 y. iyun oyida Avrangzeb M.ni ushlatib zindonga tashlaydi. M. Gvalior zindonida 3 yil yotadi. Nihoyat, 1661 y.da Avrangzebning buyrug‘i b-n 41 yoshida qatl etiladi.


O‘zME, T, 2000-2006, t.6. 2003. -704 b. – B. 137. (O‘zbekcha); Муродбахш, Бабурид.

Fikr qoldirish#


O‘qish tavsiya qilinadi
Yosh shoirning shakllanishi yoki Bobur Mirzo Farg‘ona viloyati podshohi (1494-1504)

Zahiriddin Muhammad Bobur 1483 yil 14 fevral kuni Andijonda Farg‘ona...

Hukmdorlarga o‘rnak bo‘ladigan, dunyo olimlari havas qiladigan umr e’tirofi

This article explores the historical significance of Babur and the...


Maqolani baholang
0.0