Sinov yoʻsinida ishlamoqda

Musamman (arab. - sakkizlik)

1) arab, fors-tojik va o‘zbek mumtoz sheʼriyatidagi sheʼriy turlardan biri. M. 8 misrali bir necha banddan tashkil topadi. Birinchi band yagona qofiyaga ega bo‘ladi, keyingi bandlarning faqat 7 misrasi qofiyadosh bo‘lib, 8-misrasi birinchi band b-n qofiyalanadi: a-a-a-a-a-a-a-a, b-b-b-b-b-b-b-a, v-v-v-v-v-v-v-a kabi; 2) aruzda har baytda bir ruknning 8 marta takrorlanishidan vazn hosil bo‘lishi. Mac, Bir pari men telbani husnig‘a moyil qilg‘udekdur,

Ko‘zim ichra, yer tutib, ko‘ngluma manzil qilg‘udekdur.

Foilotun // foilotun // foilotun // foilotun (Bobur). Har bir bahr doirasida solim (rukni butun) va zihofli (rukni qisqargan) vazn- lar bo‘ladi. Yuqoridagi baytda «foilotun» rukni ramal bahriga butun (o‘zgarmay) kirgani uchun bu vazn «ramali musammani solim» deb ataladi.


O‘zME, T, 2000-2006, t.6. 2003. -704 b. – B. 144. (O‘zbekcha); Мусамман (араб. - восьмигранник)

Fikr qoldirish#


O‘qish tavsiya qilinadi
Yosh shoirning shakllanishi yoki Bobur Mirzo Farg‘ona viloyati podshohi (1494-1504)

Zahiriddin Muhammad Bobur 1483 yil 14 fevral kuni Andijonda Farg‘ona...

Hukmdorlarga o‘rnak bo‘ladigan, dunyo olimlari havas qiladigan umr e’tirofi

This article explores the historical significance of Babur and the...


Maqolani baholang
0.0