Sinov yoʻsinida ishlamoqda

Andijon viloyati

ANDIJON VILOYATI – O‘zR tarkibidagi viloyat. Farg‘ona vodiysining sharqiy qismida. 1941 y. 6-martda tashkil etilgan. Mayd. 4,2 ming km². Aholisi 2196,0 ming kishi (2000). A.v.da 14 qishloq tumani (Andijon, Asaka, Baliqchi, Buloqboshi, Bo‘z, Jalaquduq, Izboskan, Marhamat, Oltinko‘l, Paxtaobod, Ulug‘nor, Xo‘jaobod, Shahrixon, Qo‘rg‘ontepa), 11 shahar (Andijon, Asaka, Marhamat, Oxunboboyev, Paxtaobod, Poytug‘, Xonobod, Xo‘jaobod, Shahrixon, Qorasuv, Qurg‘ontepa), 5 shaharcha (Andijon, Bo‘z, Janubiy Olamushuk, Kuyganyor, Polvontosh) va 95 qishloq fuqarolari yig‘ini bor (2000). Markazi – Andijon sh… Madaniy-maorif, sog‘liqni saqlash va sporti. 1999/2000 o‘quv yilida viloyat- da 738 umumiy ta’lim maktabi bo‘lib, 510 mingdan ziyod o‘quvchi, 24 gimnazi- yada 7538 ming o‘quvchi, 32 akademik litseyda 5862 o‘quvchi, 28 musiqa va 62 sport maktabida 30940 o‘quvchi ta’lim oldi. Viloyatda 5 oliy o‘quv yurti bor: Andijon universiteti, Andijon qishloq xo‘jaligi instituti, Andijon muhandislik-iqtisodiyot instituti, Andijon tibbiyot instituti, Andijon tillar instituti. Andijon oliy o‘quv yurtlarida 10,8 ming talaba ta’lim oldi (2000). Viloyatda 4 muzey (Andijon viloyat adabiyot va sanat muzeyi, Andijon viloyat o‘lkashunoslik muzeyi, Bobur uy muzeyi, Cho‘lpon uy muzeyi), 508 ommaviy kutubxona (8150,4 ming nusxa asar), 183 klub, 37 madaniyat uyi, 966 badiiy havaskorlik jamoalari bor. Andijon sh.dagi Bobur nomidagi viloyat kutubxonasida (1967 y. ishga tushgan) 2000 o‘rinli qiroatxona mavjud (2000). … Viloyat shahar va tumanlarida 1998–2000 y.larda 19 kollej va akademik litseylar binolari qurilib ishga tushirildi. Ular zamonaviy dastgoh va texnika b-n jihozlandi. Viloyatda 20 kasb-hunar kollejida 22389 o‘quvchi, 28 akademik litseyda 15928 o‘quvchi o‘qiydi. … Andijon sh.ning jan.-sharqida – Bog‘ishamolda 300 ga maydonni egallagan Bobur nomidagi milliy bog‘ (Bog‘i Bobur), Andijon sh.ning markaziy qismida Cho‘lpon bog‘i tashkil etildi. A.v.da ziyoratgoh joy- lar ko‘p. Sultonobod, Xonobod, Andijon dengizi kabi joylar chet ellik sayyohlarda katta taassurot qoldiradi. Xo‘jaobod tumanida Bobur qadamjolaridan biri – Lotkontepada ajoyib ziyoratgoh barpo etildi. Bu ziyoratgoh Shirmonbuloq, Chilustun tog‘lari b-n tutashib ketgan. Asaka, Shahrixon, Poytug‘, Qo‘rg‘ontepa sh.lari xalq hunarmandchiligi badiiy buyumlari tayyorlash b-n mashhur... O‘zbekiston mustaqillikka erishgach, A.v. sportchilariga ham xalqaro musobaqalarda qatnashishga keng yo‘l ochildi. 2000 y. da Sidney (Avstraliya)da o‘tkazilgan 27-olimpiada o‘yinlarida mamlakat bo‘yicha yagona oltin medalni andijonlik bokschi Muhammadqodir Abdullayev oldi; bokschi Sergey Mixaylov bronza medali sohibi bo‘ldi. Bokschilardan O‘tkirbek Haydarov, Ruslan Chagayevlar jahon chempionlaridir. Andijon sh. Respublika olimpiada o‘rinbosarlari bilim yurtining boks bo‘yicha murabbiylari M.G. Qo‘chqorov, A.A. Razmaxov «O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sport ustasi» unvoniga sazovor bo‘lishgan. Andijondan mohir sportchilarni tayyorlashda sport murabbiysi V.A. Zolotaryovning katta xizmati bor. Andijon sh.da zamonaviy sport inshootlari qurilgan: turli darajadagi xalqaro musobaqalar o‘tkaziladigan tennis korti majmui (1998 y.da ishga tushgan; o‘n ming tomoshabinga mo‘ljallangan), «Navro‘z» futbol stadioni, «Yambol» sport majmui, chim ustida xokkey bo‘yicha «Xalqaro do‘stlik» stadioni, shaxmat-shashka klubi, gimnastika majmui, suzish havzalari va b… Viloyatda 70 bolalar va o‘smirlar sport maktabi ishlaydi; ularda 32 ming o‘quvchi turli sport turlari b-n shug‘ullanadi. Andijon sh.da olimpiada o‘rinbosarlari bilim yurti va ixtisos- lashtirilgan bolalar-o‘smirlar sport maktablari yuqori malakali sportchilar tayyorlaydi.


ADABIYOTI. Andijon olamshumul shuhrat egasi Zahiriddin Muhammad Bobur, Nodirabegimlar yurti. 20-a. yangi o‘zbek adabiyotining ulkan namoyandasi Abdulhamid Cho‘lpon Andijonda tavallud topgan. Bu yerda Zokirjon Habibiy, Oraziy, Vosit Sa’dulla, Hoshimjon Razzoqov, Sayfiy, Anisiy, Azimiy, Boqir kabi o‘nlab g‘azalnavislar yashab ijod etdilar…


ME’MORIY YODGORLIKLARI. Qadimda va o‘rta asrlarda bunyod etilgan me’moriy yodgorliklar bizgacha yetib kelmagan. Andijon sh.da 19-a. oxirida qurilgan jome masjidi majmuasi saqlangan. Tarkibida masjid, minora va madrasa bor. Jome masjidi Farg‘ona vodiysida eng mahobatli binodir (q. Andijon jome masjidi majmuasi). Shahrixonda o‘tgan asrda bino qilingan bir qancha mahalla masjidlari va madrasalari saqlangan. Shundan biri 19-a. boshida qurilgan Ponsod masjididir. Masjidning bezak qismlarini farg‘onalik ustalar ishlagan. Shahrixonda 1872 y. qurilgan Gumbaz madrasasi saqlangan. Andijon sh.da 20-a. boshida qurilgan 2 qavatli Ahmadbekhoji uyi ham milliy me’morlik namunalaridan biri (q. Ahmadbekhoji mehmonxonasi). Hoz. Alisher Navoiy nomidagi madaniyat va istirohat bog‘i Ahmadbekhoji bog‘i o‘rnida bunyod etilgan. Boyning bog‘idagi shiypon binosi ham saqlanib qolgan. Paxtaobod sh.da 20- a. boshida qurilgan Otaqo‘zi madrasasi yodgorligi ham diqqatga sazovor. Uning 5 minorasi bor.


Abdug‘ulom SULTONOV, Sobirjon SHOKARIMOV, Shuhratjon KARIMOV.

O‘zME,T,2000-2006,t.1.2000,736b.–B.326-333.(O‘zbekcha);

Андижанская область.

Fikr qoldirish#


O‘qish tavsiya qilinadi
Yosh shoirning shakllanishi yoki Bobur Mirzo Farg‘ona viloyati podshohi (1494-1504)

Zahiriddin Muhammad Bobur 1483 yil 14 fevral kuni Andijonda Farg‘ona...

Hukmdorlarga o‘rnak bo‘ladigan, dunyo olimlari havas qiladigan umr e’tirofi

This article explores the historical significance of Babur and the...


Maqolani baholang
0.0