Sinov yoʻsinida ishlamoqda

Muhammad Solih (1455-1534/35).

Muhammad Solihning tarjimai holi. Muhammad Solih 1455 yilda Xorazmda tug‘ildi. Uning otasi Nur Saidbek Xorazm viloyatining hokimi bo‘lib Xuroson shohi Abu Said mirzoga itoat qilgan. Muhammad Solih 12 yoshlarida ekan Nur Saidbek va uning oilasi boshiga og‘ir kunlar tushadi: 1467 yilda Abu Said mirzoning dushmani Husayn Boyqaro o‘z otryadlari blan Xorazmga hujum qildi. Nur Saidbek shahar mudofaasini yaxshi uyushtiraolmadi. Bu ahvoldan g‘azablangan Abu Said mirzo Nur Saidbekni Hirotga chaqirtirib, qamoqqa oldi. Keyinchalik uning gunohidan kechib ozod qilgan bo‘lsa ham, lekin 1469 yilda Hirot tahtiga chiqqan Husayn Boyqaro Nur Saidbekni o‘ziga dushman bilib, uni Marv shahrida o‘ldirtirdi. Bu voqealardan keyin Muhammad Solih sargardonlikda o‘sdi. U Hirotda o‘qidi, Alisher Navoiy va Abdurahmon Jomiylardan qisman taʼlim oldi. Bir tomondan otasining Husayn Boyqaro tomonidan o‘ldirilishi, ikkinchi tomondan, Temuriylar davlatidagi tartibsizlik, saroylardagi maishiy buzuqlik Muhammad Solihning temuriylarga nisbatan nafrat va g‘azabini oshirdi. U temuriylar dinastiyasi hukmronligining yemirilish arafalarida turganini sezdi. Muhammad Solih sargardonlikda o‘tgan yoshlik yillari haqida, temuriylar hukmronligining yemirilish arafasida turgani haqida keyinchalik o‘z dostoni – “Shayboniynoma”da quyidagilarni yozadi:

Xorliqlar bila o‘stim bisyor, * Zorlig‘lar bila ko‘rdum ozor. * … Gah Huroson aro qildim manzil, * Gah Samarqandga bo‘ldim moyil. * Quyun oyini bila sargardon. * Har nechuk bo‘lsa yurudim har’yon. Xizmat ettim bori mirzolarg‘a, * Bandalik andag‘i donolarg‘a. * Ko‘rmadim xayre mirzolardin, * Tiladim royi donolardin * Dedilar barcha manga donolar Kim: * “Adam bo‘lg‘isudur mirzolar, * Davlati oliy Temur ketgusidur,

Navbat o‘zga kishiga yetgusidur...”

Muhammad Shayboniyxon 1499-1500 yillarda Turkistondan qo‘shin tortib Samarqand atrofiga keladi, Sulton Ali mirzoga qarshi urushadi Shayboniy Samarqand va boshqa shaharlarni egallayboshlaydi. Temuriylarga tanqidiy qaragan va ularga qarshi kek saqlagan Muhammad Solih Shayboniyxon dargohiga keladi. Temuriylarga qarshi kurash olib borayotgan Shayboniyxon temuriylardan norozi bo‘lib, nafratlanib kelgan Muhammad Solihni yaxshi qabul qiladi. Muhammad Solih Shayboniyxonning saroy shoirlari sirasiga kiradi. U Shayboniyning urush-yurushlarida rahbarlik va masʼuliyatli vazifalarni bajaradi, Shayboniyxonning maslahatchilaridan biri hisoblandi.

Muhammad Solihning zamondoshi shoir Binoiyning xabar berishiga qaraganda Muhammad Solih 1500 yilda Buxoroga va 1505 yilda Chorjo‘ga dorug‘a (hokim) bo‘lib ham tayinlangan, Husayn Boyqaroning Chorjo‘ga qilgan harbiy hujumini qaytara olgan. Shu blan birga Muhammad Solih ikki dinastiya o‘rtasidagi siyosiy kurashlarning dahshatli oqibatlarini ham ko‘rgan. Muhammad Solih 1534/1535 yillarda vafot etdi.


O‘zbek adabiyoti tarixi, 1950. – B. 213-214. (O‘zbekcha); Биография Мухаммада Солиха.

Fikr qoldirish#


O‘qish tavsiya qilinadi
Yosh shoirning shakllanishi yoki Bobur Mirzo Farg‘ona viloyati podshohi (1494-1504)

Zahiriddin Muhammad Bobur 1483 yil 14 fevral kuni Andijonda Farg‘ona...

Hukmdorlarga o‘rnak bo‘ladigan, dunyo olimlari havas qiladigan umr e’tirofi

This article explores the historical significance of Babur and the...


Maqolani baholang
0.0