Bobur... Zahiriddin Muhammad... Bu buyuk insoniing nomi ardoklanadigan mustaqillik zamonasiga yetib kelgunga qadar u haqda ne-ne gaplar bo‘lmadi, deysiz. Hukmron partiya va sho‘ro tuzumining «O‘mishni ideallashtirmaslik» haqidagi siyosiy kursatmasiga amal qilgan holda ish tutishga majbur bo‘ldik. Ne-ne daholarimiz haqida qalblarimizda tug‘yon urayotgan haqiqatni to‘la aytolmadik, gaplarimizni o‘sha mashʼum ko‘rsatmaga asosan yasalgan soxta andoza qolipga solib gapirdik, ichimizda esa bor haqiqatni shivirlab yurdik. Bular haqida o‘ylasak, xuddi tush ko‘rganga o‘xshaymiz. Va o‘z-o‘zimizdan, imonimizning sustligidan andek bo‘lsa-da, uyalamiz. Qardosh xalqlarning vatan va millat qayg‘usidagi saʼy-harakatlari natijalarini ko‘rib havas qilamiz.
«Qonxo‘r, bosqinchi» – deb taʼriflangan ulug‘ sohibqiron Amir Temur avlodi bo‘lmish Bobur Mirzo nomini kamoli shoir va serqirra olim bo‘lgani uchungina yodga oldik, uning podshoxdigini esa tan olmadik. Hind elida 300 yildan ortiq hukm surgan buyuk boburiylar sulolasining hayotbaxsh faoliyatini yerga urib gapirdik. Hindistonning ulug‘ farzandi, XX asrning buyuk allomalaridan biri Javoharlaʼl Neru «Bobur – dilbar shaxs» deb taʼriflab, Hindistonning yangi bir sivilizatsiyasini boshlab berganini eʼtirof qilgani holda, biz uni «BOSQINCHI»ga chiqardik. Vaholan-ki, Boburning o‘zi Hindistonga takdir taqozosi bilan borib qolganini, «o‘z yurtini qo‘yib hind sori» ketgani «yuz qaroliq» bo‘lganini mardonavor tan olib yozgan edi, bizlar esa...
Bu ulug‘ inson tavalludining 400 yilligi chorizm mustamlakachiligi davriga (1883 yil) to‘g‘ri keldi, yubiley haqida ran bo‘lmadi, bo‘lishi ham mumkin emas edi.
450 yilligi esa, «Jahondagi eng ilg‘or tuzum» deb jar solingan sotsializm qurish davriga (1933 yil) to‘g‘ri kelib, Bobur nomi tilga ham olinmadi. Nohaklikni qarangki, chekka o‘lka xalklarining buyuk tarixiy shaxslariga, ulug‘ allomalariga nopisandlik bilan qaraldi. Stalin boshliq zo‘ravonlikka asoslangan xukmron tuzum bunga aslo yo‘l qo‘ymadi.
Nihoyat, «xalqlar dohiysi»ning o‘limidan so‘ng siyosiy muhit bir oz ilikdashgandek bo‘ldi va Fanlar Akademiyasining vitse prezidenti, ajoyib tashkilotchi olim Ibrohim Mo‘minovning (Alloh rahmat qilsin) shaxsan tashabbusi bilan maʼnaviyatda xayrli ishlar boshlandi. Jumladan, 1958 yili Bobur tavalludining 475 yilligi uning vatani Andijonda keng nishonlandi. Poytaxt Toshkentdan o‘z davrining mashhur olimlari – bir necha akademiklar, professorlar tashrif buyurdilar. Ajoyib uchrashuvlar o‘tkazildi. (O‘sha yili Buxoroda Ibn Sinoning hijriy sana bo‘yicha 1000 yilligi ham tantana qilindi.)
Oradan chorak asr o‘tgach, Bobur tavalludining 500 yilligini nishonlash vaqti yetib keldi. Bu davrda ulug‘ bobomiz Mirzo Bobur hayoti va ijodi butun dunyo olimlarining diqqat markaziga ko‘tarildi. Uning betakror taʼbi nazmi, ibratli xulq-atvori, jasorat va himmatga yo‘g‘rilgan shaxsi juda ko‘p – xossatan Ovrupo ziyolilarini ham qiziqtirib qo‘ydi.
Biroq, «Rivojlangan sotsializm» deb atalmish g‘oya suvoriylari chekka respublika xalqlarining «taltayib» ketmasliklari uchun yangi-yangi to‘sikdar shodasini ishga solib yubordilar. Aslida esa bunday ixotalash nayranglarning uyushtirilishini ham tabiiy .hol deb qarash lozim edi. Chunki har bir mustamlaka mamlakat xukmdor davlatning chizgan chizig‘idan chiqmasligi aniq. Shu bois, bu boradagi yaʼnikim Zahiriddin Muhammad Bobur (500 yillik) yubileyining o‘tkazilmaganligi uchun barcha aybni o‘sha paytdagi SSSR rahbarlaridan qidirishimiz adolatdan bo‘lmaydi. Axir ulug‘ sarkardaning 475 yilligini keng miqyosda bayram qilinishiga izn bergan sobiq ittifoq boshlikdari nechun birdaniga «to‘nlarini teskari kiyib» olishlari mumkin?! Bunda shubhasiz, ularning taqiklaridan ko‘ra o‘zimizdan chiqqan «hushyor vatanparvarlar»ning «zukkoligi» muhim rol o‘ynagan bo‘lsa ne ajab?! Yana shu-ni ham aytish joizki, davr o‘tgan sari feʼl atvorimizdagi sobitlik yanada zaiflashgan edi. O‘z qadr-qimmatingni o‘zing ko‘tarmasang, o‘zingni o‘zing \imoya qilolmasang sen uchun birov qalqon bo‘larmidi? Kavkazorti yoki Boltiqbo‘yi xalkdariday biz ham o‘z haq-huququmizni talab qilolmaganimiz uchun shunday holga tushgandirmiz, shaxslik martabamiz ularnikiga qaraganda pastdir, deb tan oladigan odam yo‘q. Biz boshimizga tushgan o‘sha kulfatlarning doyasi o‘zimiz ekanligimizni anglab yetaylik.
Ming bora shukr qilaylik, mustaqillikka erishdik, istiqlol quyoshi chiqdi. Prezidentimiz Islom Karimovo‘tgan ulug‘larimiz haqida juda ham haqqrniy gaplar aytdi: «Asriy orzularga erishgan xalqimiz jahonga Ahmad Farg‘oniy, Muhammad Xorazmiy, Ibn Sino, Beruniy, Imom Buxoriy, Amir Temur, Ulug‘bek, Navoiy, Bobur kabi buyuk siymolarni bergan.
Yurtboshimizning odilona ichki siyosati tufayli, mana, Vatanimiz, xalqimizning boy tarixi tiklanyapti, boshqa buyuk daholarimiz qatori Bobur ham o‘z yurtiga qaytdi, nomi poklandi. Mustaqilligimizning dastlabki yiliyoq Prezidentimiz Bobur Mirzo tavalludining 510 yilligini keng nishonlash haqidagi farmonga imzo chekdi. Shu munosabat bilan Andijonda katta ishlarga qo‘l urildi: ajoyib tashkilotchi, tinib-tinchimas inson Zokirjon Mashrabov tashabbusi bilan Bobur nomidagi Xalqaro xayriya jamg‘armasi tuzildi. Xalqaro ilmiy ekspeditsiya aʼzolari Bobur izidan yurib, Sharq mamlakatlarida bo‘lib, hamyurtimiz haqida ko‘p maʼlumotlar to‘pladi va ular hozir Andijondagi Bobur bog‘ida tashkil qilingan yangi muzeyda namoyish qilinmoqda. Boburning Kobuldagi xoki turobidan olib kelib qurilgan ramziy qabri esa xalqimiz va shahrimiz mehmonlarining ziyoratgohiga aylandi.
Qo‘lingizdagi ushbu to‘plam Bobur haqida turli yillarda yozilgan maqolalarning eng saralanganlaridan tashkil topgan. Yurtdoshimizning 1993 yili nishonlangan 510 yillik yubileyigacha yozilgan maqolalarda o‘sha davr ruxi sakdangan bo‘lsa ham, yuqorida aytilganidek, har qanday siyosiy qolipga qaramay, Bobur haqida yo‘lini topib aytilgan qimmatli fikrlar o‘z aksini topgan. To‘plamning asosiy qismi esa mustaqillik davrida qilingan ishlar haqidagi maqolalardan iborat.
Jalilov, Sayfiddin. Bobur haqida o‘ylar: Bobur nomidagi Andijon Davlat universitetining 75 yilligiga bag‘ishlanadi.
T.: «Sharq», 2006. 112 b. – B. 3-5. (O‘zbekcha); Предисловие. – Жалилов Сайфиддин. Мысли о Бабуре.
Fikr qoldirish#