Sinov yoʻsinida ishlamoqda

Muqaddima

Milliy istiqlol sharofati bilan tarixiy, milliy, umuminsoniy, diniy qadriyatlarimiz tiklanmoqda. Ko‘p ming yillik tariximiz, diniy eʼtikodimiz xalqmizga qayta berilmoqda. Ko‘hna tariximiz va yaqin o‘tmishimizdagi milliy qahramonlarimiz, jahon madaniyati, fani va ijtimoiy taraqqiyotiga ulkan hissa qo‘shgan buyuk siymolar, millatimiz mustakilligi, or-nomusi, ravnaqi va kamoloti uchun kurashgan shonli farzandlar xotirasi ulug‘lanyapti.

Dunyo tarixi, madaniyati va fanida o‘chmas iz qoldirgan buyuk ajdadlarimizdan biri, yurtdoshimiz, Andijon farzandi, ulkan o‘zbek shoiri, olimi, davlat arbobi, ulug‘ sarkarda Zahiriddin Muhammad Bobur nomi ham ko‘plar qatori eʼzozlanyapti. Ayniqsa, Andijon viloyatida keng ilmiy, adabiy jamoatchilik tashabbuslari astoydil qo‘llab-quvvatlanib, buyuk bobomiz Bobur ijodiy merosini targ‘ib etish, xotirasini abadiylashtirish borasida ko‘pdan-ko‘p ibratli, hayrli ishlar amalga oshirilmoqda. Bu borada qilinayotgan ishlar nafaqat vatandoshlarimizning, balki xorijliklarning ham eʼtiborini tortmoqda.

Jumladan, “Ozodlik” radiosi 1992 yil 26 noyabrda Bobur va uning merosi O‘zbekistonda, shuningdek, Andijonda keng ulug‘lanayotgani haqida alohida eshittirish berdi. Radio shunday habar qildi “Hozirgi Hindistonda mo‘g‘ul saltanatini tashkil etgan Bobur Farg‘ona vodiyida olamga kelgan. Hozirda u tug‘ilgan joy Andijonda uy muzeyiga aylantirilgan bo‘lib, o‘zbeklar bu muzeyni faxrlanish va g‘urur bilan ziyorat qilmoqdalar. O‘z vaktida Shayboniylar tomonidan mag‘lub etilganiga qaramay, Bobur O‘zbekistonda milliy qahramon deb eʼlon etilgan.

Boburni qirg‘izlar ham kahramonimiz demoqdalar. Sayyohlar va dindorlar O‘shshahriga yakin joydagi balandligi salkam bir ming metr bo‘lgan cho‘qqiga qatnaydi, chunki shahzoda Bobur 14 yoshida ekan, ibodat qilish uchun shu tog‘ning cho‘qqisiga chiqib, qirq kunni faqat non va suv bilan kechirgan hamda toat-ibodat bilan shug‘ullangan. Maʼlumki, u bola chog‘idayoq va taqvo ahlidan edi. Bulardan qatʼi nazar bu yerdagi Bobur ziyoratgohi va ajdodlarimizning ko‘hna yodgorliklarini unuttirish maqsadida Stalin tomonidan buzilgan edi. Biroq agar kommunizm yuz ming yil hukm surganda ham hech kim o‘z tarixini unutmaydi. Ziyoratgoh aholining yordami bilan Qosimov tomonidan kayta inshoat etilgan. Ziyoratgohda o‘tirgan so‘filar ziyorat uchun kelganlarga Bobur va uning davridan so‘zlab beradilar. “Xalq Boburni ulug‘ zot deydi...”. Bu so‘zlar AQSH jurnalisti Ahmad Rashidnikidir. Xuddi shunday eshittirishlar AQShdagi “Amerika ovozi”, Saudiya Arabistonidagi, Turkiyadagi o‘zbekcha radiostansiyalarda ham yangradi.

Fransiya poytaxti – Parijda hozirda Temur va temuriylar assotsatsiyasi tashkil bo‘lib, uning ish dasturida Bobur va boburiylar tarixi, sanʼati, madaniyatini o‘rganish kabi ibratli tadbirlar belgilangan. Andijonda tashkil bo‘lgan Bobur nomli ilmiy ekspeditsiya faoliyatidan namuna olib, Parijdagi Bobur muxlislari Andijonga tashrif buyurishni izhor etdilar. Bu jamiyatning ilmiy kotibi Fredrik Bressanu 1992 yil dekabrida Andajonda bo‘ldi.

Xullas, Bobur va uning boy betakror merosini ham Sharq, ham G‘arb o‘rganmoqda. Bobur tufayli Andijon butun dunyoga tanilmoqda, ko‘pdan-ko‘p jahon xalqlarining nigohi Andijonga tushmoqda. Shu bois ham Bobur tavaludining 510 yilligiga atab o‘tkazilayotgan tadbirlar nihoyatda ahamiyatlidir.

Andijon shahridagi eng katta markaziy maydon sobiq Oktabr maydoni, eng katta va eng uzun shoh ko‘cha – Qo‘shariq dahasidan Mirpo‘stin ko‘chasidagacha bo‘lgan uzun ko‘chalar (sobiq Jdanov, Kirov prospektlari), viloyatimizdagi eng to‘ng‘ich oliygoh – Andijon Davlat universiteti, bir qancha jamoa va davlat xo‘jaliklari, dam olish sanatoriysi madaniyati, maʼrifat maskanlari bu ulug‘ inson nomi bilan yuritilmoqda, mashhur Bogishamolda Bobur bog‘i, Bobur muzeyi bunyod etilmoqda.

Yana shunday tahsinga sazovor ishlardan biri Andijonda Bobur nomli ilmiy ekspeditsiyaning tashkil etilishidir. Bu ishda Zokirjon Mashrabovning xizmati katta bo‘ldi. Ekspeditsiya ham o‘zimizda, ham xorijda sharhlandi, ijobiy baholandi.


Ekspeditsiyani safarga kuzatish Andijonda juda katta vatanparvarlik, millatparvarlik ruhida o‘tdi. Avval Bobur uy-muzeyida, so‘ngra Hakandagi choyxonada uyushtirilgan yig‘inda andijonliklarning hamma sohalardagi vakillari katnashdi, karnay-surnay, kuy va qo‘shiqlar sadosi yangrab turdi. Kurʼon tilovat kilindi.

Yig‘inda Andijon viloyati hokimining o‘sha paytdagi birinchi o‘rinbosari B. Boltaboyev, ekspeditsiya rahbari Z. Mashrabov, viloyat veteranlari kengashi raisi T. Karimova, shoir Olimjon Xoldor, Bobur nomli Andijon Davlat universiteti rektori vazifasini bajaruvchi, professor Q.G‘. Parpiyev, Devonaboy masjidi imomi Abdulatif qori Qosimov va boshqalar so‘z olib, ekspeditsiya aʼzolariga, oq yo‘l tiladilar.

14 kishidan iborat ekspeditsiya 1992 yil 19 maydan 15 iyulga qadar, qariyib 2 oy davomida mashinada 18 ming kilometr yo‘l bosib, Toshkent-Samarqand-Buxoro-Chorjuy-Ashxobod orqali Eron, Turkiya, Suriya, Yordaniya, Saudiya Arabistoni, Birlashgan Arab Amirliklari, Pokiston, Afg‘oniston mamlakatlariga safar qildi. Temuriylar, boburiylar oyog‘i yetgan qadamjoylarni ziyorat etib, boburshunoslikka oid ko‘plab hujjatli materiallarni olib qaytdi. Shundan so‘ng 1992 yil sentabr-oktyabr oylarida o‘z hisobimdan Hindistonga borib, Bobur haqida ko‘plab materillar olib keldim. Safarlar davomida videokamera, fotoapparat va diktofondan foydalanib, bir nechta kundalik daftarlar yuritib, imkon boricha ekspeditsiya mavzui yuzasidan hilma-hil materiallar to‘plashga erishdim. Bobur avlodi


– Pokiza begimni topdik. Ko‘rgan-bilganlarim bo‘yicha 6 ta hujjatli teleko‘rsatuv, ikki marta radioeshittirish tayyorlab, ularni Farg‘ona vodiysi xalqiga yetkazdik, “O‘zbekiston adabiyoti va sanʼati “, “O‘zbekiston ovozi “, “Turkiston”, “Oltin vodiy“, “Andijonnoma“, “Ziyokor” ro‘znomalarida qirqqa yaqin maqolalar eʼlon qildim. Bobur nomli universitetda ilmiy sayohat materiallari bo‘yicha kichik bir moziygoh tashkil qildik. Bularning hammasi keng jamoatchilik tomonidan ijobiy baholandi.

Boburiylar merosini targ‘ib etish maqsadida universitetning kamina rahbari bo‘lgan O‘zbekiston tarixi kafedrasi Bobur va boburiylar merosini o‘rganish bo‘yicha ilmiy to‘garak tashkil etildi, bu mavzu yuzasidan talabalarning kurs va diplom ishlari himoyasi o‘tkazildi. Ekspeditsiya safari chog‘ida xorijdan olib kelingan 30 ga yaqin ingliz, hind, urdu tillaridagi kitob va risolalarni o‘zbek tiliga tarjima qilishni boshlab yubordik. Horijdagi boburshunos olimlar bilan yaqindan aloqa o‘rnatib, ilmiy yozishmalar olib borilmoqda.

Bobur nomli Andijon Davlat universitetining O‘zbekiston tarixi kafedrasi qoshida “Meros” nomli ilmiy-maʼrifiy markaz tashkil bo‘ldi. Bu markaz Bobur va boburiylarning boy merosini baholi-qudrat o‘rganish, tadqiq etish, el orasida targ‘ib va tashviq etish, andijonliklar orasidan boburshunoslarning yangi av-lodlarini tarbiyalab yetkazish, Bobur merosini xalqimizga har tomonlama tanishtirishdek xayrli vazifalarni o‘z oldiga qo‘ygan.

Mazkur risola ana shu vazifalarni amalga oshirish yo‘lidagi katta ishlarning kichik bir debochasi xolos. U ekspeditsiya safari chog‘ida to‘plangan, jamlangan xilma-xil materiallar haqida qisqacha maʼlumot berish, olingan taassurotlar bilan o‘rtoqlashish maqsadida bitildi. Shu bois mazkur risola bo‘yicha bildirilajak har qanday mulohaza, tanqidiy fikrlarni, maslahatlarni biz bajonu dil qabul qilgaymiz. Ekspeditsiya natijalarini, sayohat davomida to‘plangan materiallarni chuqur tadqiq etish esa kelgusida biz yozish niyat qilgan jiddiy ilmiy risolaning mazmun-mundarijasini tashkil etadi.


Rustambek hoji SHAMSIDDIN o‘g‘li.

Boburni izlab, 1993. – B. 3-6. (O‘zbekcha); Предисловие к книге “По следам Бабура”.

Fikr qoldirish#


O‘qish tavsiya qilinadi
Yosh shoirning shakllanishi yoki Bobur Mirzo Farg‘ona viloyati podshohi (1494-1504)

Zahiriddin Muhammad Bobur 1483 yil 14 fevral kuni Andijonda Farg‘ona...

Hukmdorlarga o‘rnak bo‘ladigan, dunyo olimlari havas qiladigan umr e’tirofi

This article explores the historical significance of Babur and the...


Maqolani baholang
0.0