Sinov yoʻsinida ishlamoqda

Muqaddima

Tarix sahnasida o‘chmas iz qoldirgan Temuriylar saltanatida hamisha ayollarga alohida hurmat va eʼtibor qaratilgan. Temuriy malikalar bunyodkorlik va obodonchilik sohalaridagi ibratli ishlari bilan ham shuhrat qozonganlar. Samarqanddagi Bibixonim qurdirgan ulkan madrasa va Hirotdagi Gavharshod begim maqbaralari hozir ham saqlanib qolgan.

Temuriyzoda Zahiriddin Muhammad Bobur (1483-1530) tomonidan asos solingan Buyuk Boburiylar davlatida ham ayollarga bo‘lgan munosabat tahsinga sazovordir. Charxning jabru jafolari qarshisida tiz cho‘kmagan Bobur Dehli sultonligini fath etganidan so‘ng Kobul, Movarounnahr, Xuroson, Iroq va boshqa yurtlarga xabar jo‘natib, barcha temuriy shahzoda va malikalarni Hindistonga chorlagan. Ichki nizo va urushlar oqibatida sarson-sargardon yurgan malika va shahzodalar boburiylar saroyida panoh topib, ularning har biriga yetarlicha ulufa va yer-joylar berilgan. “Humoyunnoma”da berilgan maʼlumotlarga ko‘ra, 1533 yili o‘tkazilgan Tilsim to‘yida 96 nafar temuriy, chingiziy va boburiy malikalar ishtirok etgan. Ular orasida Boburning rafiqasi eng og‘ir kunlarida undan ajralishni afzal topgan Oysha begim ham bo‘lgan...

Boburiy malikalar tomonidan bunyod etilgan qator meʼmoriy yodgorliklar, jumladan, Dehlidagi Humoyun maqbarasi, Agradagi Eʼtimod ud-Davla maqbarasi, Lohurdagi Jahongir maqbarasi, Allohoboddagi Xusrav bog‘i bugungi kunda eng ko‘p sayyohlar tashrif buyuradigan joylar sanaladi. Boburiy malikalar orasidan o‘nlab yetuk muarrix, xattot va shoiralar yetishib chiqqan. Fikrimizning dalili sifatida malika Gulbadan begim (15231603) va Zebunnisoning ismlarini zikr qilish yetarlidir.

Ana shunday yetuk va oqila boburiy malikalardan biri Nurjahon begim bo‘lib, quyida u haqda muxtasar hikoya qilinadi..


YO‘LDOSHEV, Botirali. Boburiy malikalardan biri Nurjahon Begim

Botirali Yo‘ldoshev; masʼul muharrirBehzod Jo‘rayev. – Toshkent: MUMTOZ SO’Z, 2014. – 28 b. – B. 3. (O‘zbekcha); Предисловие. – Б.Йулдошев. Нуржахон Бегум.

Fikr qoldirish#


O‘qish tavsiya qilinadi
Yosh shoirning shakllanishi yoki Bobur Mirzo Farg‘ona viloyati podshohi (1494-1504)

Zahiriddin Muhammad Bobur 1483 yil 14 fevral kuni Andijonda Farg‘ona...

Hukmdorlarga o‘rnak bo‘ladigan, dunyo olimlari havas qiladigan umr e’tirofi

This article explores the historical significance of Babur and the...


Maqolani baholang
0.0