To‘liq ismi Muhammad Burunduq ibn Ali ibn Burunduk, ibn Jahonshoh ibn Joku Barlos) (taxm. 15-a. o‘rtalari – 16-a. boshi) – Sulton Husayn Boyqaroning lashkarboshisi. Husayn Boyqaro 1495-96 y.larda Hisor, Xuttalon va Badaxshonga yurish qilganida M.B.B.ni Xuttalonga jo‘natgan. «Boburnoma»da yozilishicha M.B.B. temuriylardan dastlab Abulqosim Bobur Mirzoning, keyinchalik Abu Sayd Mirzoning beki bo‘lgan. Abu Caid uni hurmat qilib, unga va Jahongir Barlosga Kobulni bergan, o‘g‘li Ulug‘bek Mirzoga otaliq (otka) etib tayinlagan. Boburning yozishicha, M.B.B. «bilimlik, bisyor sardor kishi edi». M.B.B. Husayn Boyqaro va uning suyukli xotini Xadicha begimning o‘g‘li Muzaffar Husayn Mirzoga sohibixtiyor bek etib tayinlangandi. Husayn Boyqaro vafotidan so‘ng (1506) M.B.B., Zunnunbek va b. beklar kelishib Badiuzzamon Mirzo va Muzaffar Husayn Mirzolarni taxtga o‘tqazganlar. Zunnunbek Badiuzzamon huzurida, M.B.B. Muzaffar Husayn Mirzo huzurida bosh bek (sohibixtiyor) bo‘lganlar. Shayboniyxon Balxni qamal qilayotgan edi. Beklar Bodhizga yetishganda ularga boshqa shahzodalar kelib qo‘shilgan. M. B. B. Boburni ham bu yurishga taklif etish uchun uning huzuriga borgan. Bobur M.B.B. b-n safarga otlangan. Mirzolar Hirotdan chiqib Murg‘obga yetib kelgunlarigacha 3 oy vaqt o‘tgan. Bu orada Balx taslim bo‘lgan, Shayboniyxon Samarqandga qaytib ketgan. Temuriy shahzodalar qo‘shini tarqab ketgan. 1507 y. Shayboniyxon Hirotni qamal qilganida M.B.B. shahar mudofaasiga bosh bo‘lgan, biroq raqibiga dosh berolmay shaharni tashlab qochgan.
O‘zME, T, 2000-2006, t.6. 2003. -704 b. – B. 187. (O‘zbekcha); Мухаммад Бурундук Барлос
Fikr qoldirish#