Sinov yoʻsinida ishlamoqda

Muhammad Voris

Tug‘ilgan va vafot yili nomaʼlum – tarixchi olim va adib. Avrangzeb saltanati davrida yashagan. «Shoh Jahonnoma» («Shoh Jahon davri tarixi») va «Zubdat ul-hikoyot» («Hikoyalar sarasi») nomli asarlar yozgan. «Zubdat ul-hikoyot» bir necha tarixiy asarlar («Tarixi Tabariy», Muhammad Avfiyning «Lubob ul-albob», «Bobirnoma», Abulfazl Allomiyning «Tarixi Akbarshohiy» va boshqalar) asosida yozilgan bo‘lib, undagi hikoyalarning ko‘pchiligi Avrangzebga bag‘ishlangan. «Zubdat ul-hikoyot»ni Ogahiy o‘zbek tiliga tarjima qilgan. Bu asar O‘zSSR FA Sharqshunoslik in-tida saqlanadi (inv. № 1274).


O‘zSE, T, 1971-1980. t.7. – B. 477. (O‘zbekcha); Мухаммад Ворис, историк и литератор.

Fikr qoldirish#


O‘qish tavsiya qilinadi
Yosh shoirning shakllanishi yoki Bobur Mirzo Farg‘ona viloyati podshohi (1494-1504)

Zahiriddin Muhammad Bobur 1483 yil 14 fevral kuni Andijonda Farg‘ona...

Hukmdorlarga o‘rnak bo‘ladigan, dunyo olimlari havas qiladigan umr e’tirofi

This article explores the historical significance of Babur and the...


Maqolani baholang
0.0