Husayn Boyqaroning nabirasi, Badiuzzamonning 2-o‘g‘li. 1506 yil Damg‘on uchun bo‘lgan jangda amakisi Faridun Husayn mirzo bilan Shayboniyxonga asir tushib qolgan, lekin Shayboniyxon ularni qo‘yib yuborgan. 1506 y. maydan Balx va uning viloyatiga egalik qilish uchun amir O‘rda Shayx bilan kurashgan. Biroq, O‘rda Shayx Balxni Boburga topshirish niyatida elchi yuboradi. M.Z. uni xoinlikda ayblab qatl etadi. O‘rda Shayxning ukasi Qavombek xabar topib, qo‘shin to‘plab, Kobulga, Bobur huzuriga elchi yuboradi. Bu orada Boburning Zafarbek boshchigidagi qo‘shini shahar atrofida edi, Qavombek shahardan chiqib shahar kalitlarini unga topshiradi. Mana shu holat sababli M.Z. Sanuchahoryak mavzeiga ketadi, u yerda Bobur huzuriga Muhammad Boqini elchi qilib jo‘natib, tobeligini izhor qilgan. Keyinchalik M.Z. Shibirg‘on hokimi Iminbek bilan Boburga qarshi ittifoq tuzishga intilgan va shu maqsadda Saripulga yo‘l ochgan. Biroq Bobur undan chaqqonroq harakat qilib Qorayog‘ochga yurish qilib, M.Z.ning o‘g‘ruqini egallab olgan. Shundan so‘ng M.Z. ham Garchistonga ketib, tog‘li viloyatlarda tentirab yurgan, Balxni olish uchun bir necha bor urinib ko‘rgan, so‘ng Sanuchahoryak viloyatiga, u yerdan Shibirg‘onga yo‘l olgan. Bu yerda u Iminbek va Ibrohim chopuqlarning birlashgan qo‘shinidan yengilgan, asir tushgan va Bobur huzuriga, Kobulga jo‘natilgan. Xondamirning guvohlik berishicha, Bobur M.Z.ning barcha gunohlarini kechirgan, yaqinlari qatoridan joy bergan va ikki oydan keyin unga Balxni inʼom etgan. M.Z. Balxda 1523-yil sent.gacha hokimlik qilgan.
O‘zME, T, 2000-2006, t.6. 2003. -704 b. – B.189. (O‘zbekcha); Муҳаммад Замон Мирзо, внук Хусейна Байкары.
Fikr qoldirish#