Sinov yoʻsinida ishlamoqda

Muhammad Odilshoh Maqbarasi

Bijapur (Xindiston)dagi meʼmoriy yodgorlik (1626-1660). «Gol-gumbaz» maqbarasi deb ham nomlanadi. Maqbara murabba tarxdi (60x60 m), bal. 65 m, ichi ravoqli, ustunsiz va bezaksiz. Gumbaz (diametri 41 m) kattaligi jihatidan jahonda 2-o‘rinni egallagan. Doira shaklida pishiq g‘ishtdan terilgan. Uning asos qalinligi 3 m, yuqori qismi qalinligi esa 2,72 m dir. Ichi ravoqlari va balandligi hisobiga ancha keng ko‘rinadi, 4 burchagida bir xilda alohida minoralar ishlangan. Minoralar jimjimador shaklda, aylana tarxli, mayda ravoqchali darchalardan tashkil topgan. 7 qatlamli, yuqorisidagi qafasasi gumbazcha b-n yakunlangan. Bu minoralar o‘ziga xos ko‘rinishi b-n hashamatli binoni ixcham qilib ko‘rsatadi. Bosh tarzi 3 qismli, o‘rtadagi kiraverish turli shakldagi mayda ravoqchalar va sharafalar b-n bezatilgan. Maqbara Boburiylar hukmronligi davrida qurilgan. Tuzilishi Ismoil Somoniy maqbarasiga o‘xshash. Unda O‘rta Osiyo va Hindiston meʼmorligi o‘zaro uyg‘unlashgan. M.O.M. muhandis-qurilish sohasidagi buyuk namunadir.


O‘zME, T, 2000-2006, t.6. 2003. -704 b. – B. 191-192. (O‘zbekcha); Кладбище Мухаммад Одилшаха.

Fikr qoldirish#


O‘qish tavsiya qilinadi
Yosh shoirning shakllanishi yoki Bobur Mirzo Farg‘ona viloyati podshohi (1494-1504)

Zahiriddin Muhammad Bobur 1483 yil 14 fevral kuni Andijonda Farg‘ona...

Hukmdorlarga o‘rnak bo‘ladigan, dunyo olimlari havas qiladigan umr e’tirofi

This article explores the historical significance of Babur and the...


Maqolani baholang
0.0