Sinov yoʻsinida ishlamoqda

Muhammad Sodiq Koshg‘ariy (Qashqariy)

1740 – Qashqar – 1849) – tarixchi, faylasuf, tilshunos olim, adib va shoir. Qashqardagi «Sochiya» madrasasida dunyoviy va diniy ilmlar, arab, fors tillari, sharq mumtoz adabiyotini mukammal egallagan. M.S.K. «Tazkirai azizon» («Azizlar tazkirasi») (1768-69), 1844 y.da yozilgan «Tazkirai Asʼhob ul-kahf» («G‘or egalari tazkirasi») va «Risolai kasbdor» («Kosiblar risolasi») kabi asarlar muallifi. «Tazkirai azizon»da Maxdumi Aʼzam va uning avlodlarining Sharqiy Turkiston – Yorkend xonligi (1465-1759)dagi faoliyati, Yorkend xonligining 16–18-a.dagi siyosati, ijtimoiy-iqtisodiy va madaniyat tarixini yoritib bergan. Asarda Naqshbandiya tariqati vakillari va ularning tariqatlari to‘g‘risida muhim maʼlumotlar berilgan. M.S.K. falsafa va ped.ga oid asarlar ham yozgan. M.S.K. tilshunos olim va usta tarjimon. Tabariyning «Tarixi Tabariy» hamda Muhammad Haydarning «Tarixi Rashidiy» asarlarini fors tilidan turk (uyg‘ur) tiliga tarjima qilgan. Tarixiy asarlarning turkiy tarjimasi Markaziy Osiyo, Turkiston, Kavkaz, Kaspiy dengizining jan. etagi, Tibet, Shim. Hindiston va Afg‘onistonda yashayotgan xalqlar tarixini o‘rganishda muhim ahamiyatga ega. M.S.K. «Sodiq» taxallusi b-n turk va fors tillarida g‘azal, muxammas, ruboiy, masnaviy, qitʼalar yaratgan. M.S.K. adib sifatida o‘z zamonasida yashab ijod etgan yozuvchi, shoirlar ijodi haqida bizga yangi-yangi maʼlumotlar beradi. O‘sha qimmatli maʼlumotlar asosida uyg‘ur mumtoz adabiyoti tarixi yangi namoyandaar b-n to‘ldirildi. M.S.K. Qashqardagi Yusuf Xos Hojib maqbarasi oldidagi «Oq mozor» qabristoniga dafn etilgan.


Omonbek JALILOV. O‘zME, T, 2000-2006, t.6. 2003. -704 b. – B. 192. (O‘zbekcha); Мухаммад Содик Кошгарий (Кашкарий), историк, философ, языковед, литератор и поэт.

Fikr qoldirish#


O‘qish tavsiya qilinadi
Yosh shoirning shakllanishi yoki Bobur Mirzo Farg‘ona viloyati podshohi (1494-1504)

Zahiriddin Muhammad Bobur 1483 yil 14 fevral kuni Andijonda Farg‘ona...

Hukmdorlarga o‘rnak bo‘ladigan, dunyo olimlari havas qiladigan umr e’tirofi

This article explores the historical significance of Babur and the...


Maqolani baholang
0.0