“Shayboniynoma” dostoni. “Shayboniynoma”ning tili va badiiyligi. O‘zbek adabiy tilining himoyachisi ulug‘ shoir va mutaffakir Alisher Navoiydan keyin XVI asrda, badiiy asarning tili va uslubini soddalashtirish va jonli tilga yaqinlashtirishga intilishda poeziya va prozada Bobir va Muhammad Solihlarning xizmati kattadir. Muhammad Solih o‘z asarida forscha, xususan arabcha so‘zlarni ozroq ishlatishga, mumkin qadar jonli tildagi so‘zlarni ko‘proq ishlatishga intildi. Uning dostonida “o‘bogo” (bobo), “obog‘a” (amak), “cherik” (qo‘shin), “qobqo” (darvoza), “yog‘a” (dushman) kabi badiy adabiyotida kam uchraydigan so‘zlarni uchratamiz. Muhammad Solih harbiy qurollarning ham ko‘pincha o‘zbekcha nomini ishlatadi. Shunday qilib, Muhammad Solih adabiy tilni jonli tilga yaqinlashtirishga, jonli til xazinasidan fodalanib, adabiy tilni boyitishga, adabiy asar ko‘pchilikka tushunarli qilishga intildi. Bu intilish o‘z zamonasi uchun katta ahamiyatga ega bo‘lgan progressiv intilish edi. Muhammad Solihning badiiy tasvirlari aniq va soddadir. U obrazlarni o‘quchining ko‘z o‘ngida gavdalantirishda ustalik ko‘rsataolgan, uning o‘xshatishlari sodda va jonlidir. Masalan, Buxoro hokimi Boqitarhon xarakterini ochib berishda quyidagi o‘xshatishni qo‘llaydi:
Bor edi so‘zi uning nodonlardek,
Qilig‘i yoshgina o‘g‘lonlardek.
Bobir tarafida turgan Samarqand shayxulislomi Xo‘ja Abdullakarimni masxaralab, quyidagi original o‘xshatishni yaratgan:
Bor edi shahar aro shayxulislom
So‘zlari borcha soqolidek xom.
Shayboniyxon askarlari Tanbalbek boshchilik qilib turgan Andijon qo‘rg‘oniga, tong paytida bostirib kirganlarini shoir shunday istiora (metafora) blan tasvir etadi:
Ul sahar xon andoqki xuro‘s
Chiqtilar tomg‘a xon urgach ko‘s
Tanbal ahli yotibon evlar aro
Mokiyondek edilar navhasaro.
Shoir Samarqandurushida Bobir askarlarining qochishini shunday istiora (metafora) blan tasvir etadi:
Bir sari yo‘lini daryo tutti,
Suvga tushganni balig‘lar yutti.
Yana boshqa badiiy tasvirlash vositalarini ko‘raylik. Kinoyaga misol:
Otib urdim birisining qo‘lig‘a,
Yiborib oni otamning yo‘lig‘a. Jonlashtirishga misol:
Bo‘ldi bis’yor uzum birla qovun,
Har biri debki: “Maning birla ovun!”
Omonim (shakldosh) so‘zlardan foydalanib, so‘z o‘yini qo‘llashga misol:
Sohibi jilvada bo‘ston ichida,
Qon yutib sohibi qo‘rg‘on ichida.
O‘zbek adabiyoti tarixi, 1950. – B. 220-221. (O‘zbekcha); Творчество Мухаммад Солиха. Эпос “Шайбони-нома”. Язык и художество “Шайбони-нома”.
Fikr qoldirish#