Sinov yoʻsinida ishlamoqda

Muhammad Solih (1455-1506)

Muhammad Solih Nur Said o‘g‘li 1455 yilda Xorazmda tug‘ilgan va Hirotga kelib, o‘z davrining buyuk mutafakkir shoiri Abdurahmon Jomiy qo‘lida tahsil olish sharafiga yetishgan. Temuriy mirzo Husayn Boyqaroga sadoqatsizlikda ayblangan Nur Said, 1465 yilda uning Xurosondagi hokimi tomonidan Marv shahrida o‘ldirilgach, o‘n yoshida otasidan yetim qolgan Muhammad Solih boshiga ko‘p xo‘rliklar va zo‘rliklar tushadi. U goh Xurosonda, goh Samarqandda sargardon bo‘lib yuradi. Muhammad Solih bir necha vaqt temuriylarga, shu jumladan, uning otasini o‘ldirgan Husayn Boyqaroga xizmat qilishga majbur bo‘ladi, lekin hech qanday iltifot va yaxshilik ko‘rmaydi. Buning ustiga u, o‘z oilasidagi fojianing sababchilari bo‘lgan temuriylarga, ayniqsa Husayn Boyqaroga nisbatan nafrat va g‘azab bilan qaynar edi. Shu sababdan Muhammad Solih 1499 yilda uning xizmatidan ketib, temuriylarga qarshi katta urush boshlagan Shaybonixon huzurida yashaydi. Shaybonixon saroyida “Amirul-ulamo”lik mansabi va “Malikush-shuaro”lik martabasiga erishgan Muhammad Solih, xonning 1505 yilgacha olib borgan qonli urushlarida qatnashadi va 1499 yildan boshlab “Shayboninoma” dostonini yozishga kirishadi. Tarixning xabaricha Muhammad Solih ko‘p lirik sheʼrlar ham yaratgan. Afsuski, shoirning na o‘zbek tilidagi va na fors-tojik tilidagi sheʼrlar to‘plami bizgacha yetib kelmagan. Sharqda keng tarqalgan jangnomalar uslubida bitilgan “Shayboninoma” 9000 misraga yaqin bo‘lib, 76 fasldan iboratdir. Dostonda shoirning maqsadlaridan qatʼi nazar o‘sha notinch davrning og‘ir lavhalari, qonli urushlar manzarasi, xalq boshiga tushgan azob va kulfatlar o‘zining realistik ifodasini topgan. Asarning va Muhammad Solih ijodining mohiyati ham shundadir. Muhammad Solih 1506 yili Buxoroda vafot etgan.


O‘zbek sheʼriyati antologiyasi. Besh tomlik. t.3. – B. 5-6. (O‘zbekcha); Мухаммад Солих.

Fikr qoldirish#


O‘qish tavsiya qilinadi
Yosh shoirning shakllanishi yoki Bobur Mirzo Farg‘ona viloyati podshohi (1494-1504)

Zahiriddin Muhammad Bobur 1483 yil 14 fevral kuni Andijonda Farg‘ona...

Hukmdorlarga o‘rnak bo‘ladigan, dunyo olimlari havas qiladigan umr e’tirofi

This article explores the historical significance of Babur and the...


Maqolani baholang
0.0