Sinov yoʻsinida ishlamoqda

Muhammad Solih (1455, Xorazm – 1535, Buxoro)

Shoir. Xorazm hokimi amir Nursaidbek oilasida tug‘ilgan. Bobosi Shohmalik Ulug‘bek saroyida, otasi Nursaidbek esa Ulug‘bek, Jo‘gi Mirzo, Abu Said saroylarida eʼtiborli arboblardan bo‘lgan. M. S. Xorazmda savod chiqargach, Hirotga borib, Aburahmon Jomiydan ilm o‘rgangan. Otasi vafot etgach, Husayn Boyqaro va boshqa temuriylar saroyida maʼlum muddat xizmat qilgan. Biroq otasining o‘limiga sababchi bo‘lgan temuriyzodalar bilan ishlashni xohlamay, 1499 yil Shayboniyxon xizmatiga kirgan. Buxoro, Chorjo‘y, Niso viloyatlariga hokimlik qilgan. «Amir ul-ulamo», «Malik ush-shuaro» unvonlariga sazovor bo‘lgan. 1507-10 yillarda Hirotda yashagan. Shayboniyxon vafotidan so‘ng Buxoroga qaytgan. Muhammad Solih turkiy va forsiyda ijod qilgan. Sheʼrlari ishqiy, biografik, siyosiy mavzuda. O‘zbek adabiyoti tarixida ilk realistik tarixiy doston – «Shayboniynoma»ni yozgan. Doston 8880 misra, 76 bobdan iborat. 15-asr oxiri – 16-asr boshlaridagi voqealar aks etgan bu asar tarixiy, etnografik, geografik, lingvistik jihatlardan ham, badiiyligiga ko‘ra ham muhim ahamiyatga ega. Dostonning asl nusxasi topilgan emas, ammo shoir hayotligida Qosim kotib tomonidan 1510 yilda ko‘chirilgan qo‘lyozma nusxasi Venada saqlanadi. 1904 yilda Sankt-Peterburgda (1904), Toshkentda (1961, 1989) nashr etilgan. Vamberi Muhammad Solihning «Laylo va Majnun» nomli turkcha go‘zal dostoni borligini xabar bergan, lekin u topilgan emas. «Qomus ul-aʼlom»da «Noz va Niyoz» manzumasi Muhammad Solihga nisbat berilgan, biroq Nisoriy «Muzakkiri ahbob»da uning muallifini Baqoiy deb ko‘rsatadi.


Shayboniynoma, T., 1961; 1989. Ad.: Akramov A., Muhammad Solih, T., 1966; Irohimov A., 16 asr o‘zbek adabiyotining asosiy xususiyatlari, T., 1976. Begali QOSIMOV.

O‘zME, T, 2000-2006, T.6. 2003. -704 b. – B. 192. (O‘zbekcha); Мухаммад Солих.

Fikr qoldirish#


O‘qish tavsiya qilinadi
Yosh shoirning shakllanishi yoki Bobur Mirzo Farg‘ona viloyati podshohi (1494-1504)

Zahiriddin Muhammad Bobur 1483 yil 14 fevral kuni Andijonda Farg‘ona...

Hukmdorlarga o‘rnak bo‘ladigan, dunyo olimlari havas qiladigan umr e’tirofi

This article explores the historical significance of Babur and the...


Maqolani baholang
0.0