Sinov yoʻsinida ishlamoqda

Muhammad Solihning ijodi

“Shayboniynoma” dostoni. Shayboniyxon obrazi. Shayboniyxon taxt-toj uchun qattiq kurash olib borgan, minglarcha gunohsiz kishilarni qirib tashlagan, ko‘p shaharlarni vayron qilgan feodal hukmron edi. Shu blan birga u, tadbirli askarboshlig‘i, o‘z davrining bilimli shaxsi san’at va adabiyotga qiziqqan, hatto sheʼr yozish havaskori ham bo‘lgan. Shayboniyxonga yaqin turgan Muhammad Solih uning obrazini yaratishda ba’zibir real tomonlarni ko‘rsatgan bo‘lsa ham, lekin asosan u Shayboniyxonni ideallashtiradi. Muhammad Solih podsho halq g‘amxo‘ri bo‘lishi kerak, deb talab qiladi:

Shoh uldur ki yesa el g‘amini,

Doim o‘ziga desa el g‘amini.

Istamay o‘zining oroyishini, Istagay halqining osoyishini.

Muhammad Solih fikricha, temuriylar yuqoridagi misralarda aytilgan talablarga javob beradigan shohlar emas. Lekin u Shayboniyxonni ideallashtirib, go‘yo uni temuriy hukmronlaridan tamomila farq qilgan odil hukmron deb ko‘rsatishga urinadi. Go‘yo Shayboniydek hukmron o‘tmagan:

Podshoh ulduru ondin o‘zga,

Koinot ichra ko‘runmas ko‘zga.

Muhammad Solih Shayboniyxon haqida so‘z yuritar ekan, realistik tasvir priyomini qo‘llashdan chetga chiqib ketib, ortiqcha mubolag‘alar va o‘xshatishlarni ishlatadi; go‘yo Shayboniyxon ovga chiqsa, dun’yodagi qushlar uning boshi ustiga kelib, uchib yurar ekanlar. Shuning uchun Muhammad Solih Shayboniyxonni hayvonot olamining afsonaviy podshosi Sulaymon payg‘ambarga o‘xshatib, “Sulaymoni zamon” deb ta’riflaydi:

Har sori borsa edi hazrati xon,

Yurib andoqki Sulaymoni zamon,

Qushlari ustiga kelurlar erdi,

Boshiga soya solurlar erdi.

Kim aning amridadir devu pari.

Hukmida yer yuzining xushku tari. Shayboniyxon Muhammad Solih tasvirlaganidek adolatli, xalqqa g‘amxo‘r podsho emas edi. U ham feodalizm jamiyatida mehnatkashlar boshiga qora kunlarni solgan eng yirik eksploatatorlardan biri edi.


O‘zbek adabiyoti tarixi, 1950. – B. 218-219. (O‘zbekcha); Творчество Мухаммад Солиха. Эпос “Шайбонийнома”. Образ Шайбонихана.

Fikr qoldirish#


O‘qish tavsiya qilinadi
Yosh shoirning shakllanishi yoki Bobur Mirzo Farg‘ona viloyati podshohi (1494-1504)

Zahiriddin Muhammad Bobur 1483 yil 14 fevral kuni Andijonda Farg‘ona...

Hukmdorlarga o‘rnak bo‘ladigan, dunyo olimlari havas qiladigan umr e’tirofi

This article explores the historical significance of Babur and the...


Maqolani baholang
0.0